08:08 19 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Boeing-787 Dreamliner

Oʻzbekiston havo yoʻllari Boeing bilan yangi shartnoma imzoladi

Viktor Tsoy/Twitter
Jamiyat
Havola olish
167 0 0

Shartnomaga asosan taʼmirlash talab qilinayotgan Boeing 787-8 Dreamliner samolyotlarining nosoz shassisi tezda soz shassiga alamashtirib almashtirib beriladi.

TOSHKENT, 12 fev – Sputnik. Oʻzbekiston havo yoʻllari va Boeing korporatsiyasi Boeing-787 Dreamliner samolyotlari uchun nosoz shassini (qoʻnish gʻildiragi) tezda yangisiga almashtirib berish xizmati haqida shartnoma imzolashdi, deb xabar qilmoqda amerikalik ishlab chiqaruvchi matbuot xizmati.

“Ushbu dastur texnik xizmat koʻrsatish vaqtini juda qisqa qiladi. Aviakompaniya taʼmirlashga vaqt sarflamay samolyotdan foydalanishni davom ettirishi mumkin”, - deyilgan xabarda.

Dastur doirasda kapital taʼmirlash kerak boʻlgan shassi Boeing tomonidan sertifikatsiya qilingan shassiga almashtirib beriladi. Buning uchun alohida shartnoma tuzish va taʼmirlash jarayonini boshqarish talab qilinmaydi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston havo yoʻllari 4ta Boeing-787 smololyotlaridan foydalanishni 2016 yilda boshlagan. Ayni damda aviakompaniya parkida 4ta ana shunday samolyot bor.

Asosiy mavzular