00:17 19 Fevral 2019
Efir
  • RUB127.67
  • EUR9510.03
  • USD8395.15
Predstavitel siriyskoy oppozitsii v okrujenii predstaviteley SMI

Oʻzbekistonda etika normalarini buzgan jurnalistlar javobgarlikka tortiladi

Sputnik / Bolat Shayxinov
Jamiyat
Havola olish
149 0 0

Kodeks asosida jurnalistlarning sifatli axborot yetkazishda masʼuliyatlarini oshirish koʻzda tutilgan.

TOSHKENT, 12 fev – Sputnik. Oʻzbekistonda jurnalistlarning kasb etikasi kodeksi ishlab chiqilmoqda, deb xabar qildi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi matbuot xizmati.

Xabarda keltirilishicha, fuqarolarning xolis, ishonchli axborot olishlari, shuningdek, jurnalistlarning fikrlar xilma-xilligini inobatga olgan holda haqqoniy va obʼyektiv maʼlumot tayyorlashi va ularni yetkazishini taʼminlash maqsadida jurnalistlarning kasb etikasi kodeksi ishlab chiqilmoqda. Bu ommaviy axborot vositalarining oʻz-oʻzini boshqarish usuli boʻlib, bu borada hech qanday sud yoki vakolatli davlat idoralari aralashmaydi.

Kodeks asosida jurnalistlarning sifatli axborot yetkazishda masʼuliyatlarini oshirish koʻzda tutilgan.

“Jurnalistlarning Kasb etikasi kodeksi printsiplari va normalarini buzgan jurnalistlar kodeksda belgilangan tartibga koʻra javobgarlikka tortiladilar”, - deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq 2019 yil 1 iyunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi jurnalistining umumeʼtirof etilgan milliy guvohnomasini joriy etish boʻyicha meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni qabul qilish rejalashtirilayotgani haqida xabar bergan edik.

Asosiy mavzular