12:13 15 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Jamiyat
Havola olish
251 0 0

Payshanba kuni “Qamchiq” dovonida qor yogʻib shamol kuchayishi va yoʻllar muzlashi mumkin.

TOSHKENT, 12 fev – Sputnik. Favqulodda vaziyatlar vazirligi 14 fevral kuni Qamchiq dovonida kutilayotgan keskin ob-havo sharoitlari haqida ogohlantirdi.

“Joriy yilning 14 fevral kuni “Qamchiq” dovonida qor yogʻishi, vaqti-vaqti bilan kuchayishi, tuman tushib koʻrinishning 50-100 metrgacha yomonlashishi, shamolning tezligi 15-18 m/s gacha kuchayishi, yoʻllarda qor uyumlarining yuzaga kelishi, yoʻlning muzlashi kutilmoqda”, - deyilgan xabarda.

Shu bilan birga FVV haydovchilarga yoʻlga chiqishdan oldin avtomobilning texnik holatini tekshirishni va qishda mavsumiy avtomobil shinalaridan foydalanishni tavsiya etib qolishi xabar qilingan.

Asosiy mavzular