Samarqandda Rossiya Jismoniy tarbiya instituti filiali ochiladi

V Samarkand gotovitsya k otkritiyu filial Rossiyskogo Instituta Fizicheskoy kulturi
V Samarkand gotovitsya k otkritiyu filial Rossiyskogo Instituta Fizicheskoy kulturi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi o‘quv yurtiga 2019/2020 - o‘quv yilida 150 nafardan ortiq ilk talabalar kunduzgi bo‘limga qabul qilinadi.

TOShKENT, 13 fev - Sputnik. Samarkandda Rossiya davlat jismoniy tarbiya instituti filiali ochiladi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Jismoiy tarbiya va sport vazirligi.

“O‘qish Rossiya Federatsiyasining amaldagi o‘quv rejalari va dasturlari asosida olib boriladi. Bitiruvchilarga beriladigan Rossiya namunasidagi diplom O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasida oliy t’lim hujjati sifatida tan olinadi”, - deyilgan xabarda.

Rossiya davlat jismoniy tarbiya institutining Samarqand  filialiga 2019/2020-o‘quv yilida voleybol, basketbol, gandbol, futbol, yengil atletika, badiiy gimnastika, tennis, suzish, baydarka va kanoeda eshkak eshish sport turlari bo‘yicha 150 nafardan ortiq ilk talabalar kunduzgi bo‘limga qabul qilinadi.

Shu kunlarda Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti rektori Tamara Mixaylova boshchiligidagi delegatsiya Samarqandda bo‘lib turibdi.

© Ministerstvo fizicheskoy kulturi i sportaSamarkand gotovitsya k otkritiyu filial Rossiyskogo Instituta Fizicheskoy kulturi
Samarqandda Rossiya Jismoniy tarbiya instituti filiali ochiladi - Sputnik O‘zbekiston
Samarkand gotovitsya k otkritiyu filial Rossiyskogo Instituta Fizicheskoy kulturi

Mehmonlar Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov va Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev hamrohligida filial uchun ajratilgan binoni, talabalar foydalanadigan sport inshootlarini ko‘zdan kechirishdi.

“Samarqand filiali universitetimizning xorijda tashkil etilgan ilk filialidir. Mazkur oliy t’lim muassasasi samarali faoliyat yuritishini t’minlash uchun biz O‘zbekistonga malakali mutaxassislarni jalb etamiz. Shuningdek, talabalarimiz Rossiyada joylashgan sport bazalarimizda amaliyot o‘tashadi,” – dedi universitet rektori Tamara Mixaylova  Samarkandda ochiladigan filial haqida.

Shu o‘rinda t’kidlash joiz, mazkur t’lim maskanida nafaqat O‘zbekiston, balki Markaziy Osiyo davlatlari yoshlari t’lim olishi uchun ham imkoniyat yaratish, qolaversa, yildan-yilga mavjud yo‘nalishlarni kengaytirib borish rejalashtirilgan. 

V Samarkand gotovitsya k otkritiyu filial Rossiyskogo Instituta Fizicheskoy kulturi
Samarqandda Rossiya Jismoniy tarbiya instituti filiali ochiladi - Sputnik O‘zbekiston
V Samarkand gotovitsya k otkritiyu filial Rossiyskogo Instituta Fizicheskoy kulturi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston jismoniy tarbiya va sport vazirligi va Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan edi. O‘tgan davr mobaynida Samarqand shahrida mazkur oliy o‘quv yurti filialini ochish bo‘yicha kelishuvga erishilib, bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi tayyorlandi.

Yangiliklar lentasi
0