04:52 22 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Dialog xokimiyata s jitelyami Tashkenta

Jahongir Ortiqxoʻjayev yangi uylar qurilishida eng katta muammoni aytdi

© Xokimiyat Tashkenta
Jamiyat
Havola olish
83110

Hokim soʻzlariga koʻra - eski uylarda yashovchi aholining 60 %i berilgan kompensatsiyani olib koʻchishga rozi boʻlsa, qolgani qarshi boʻlmoqda.

TOSHKENT, 17 fev – Sputnik. Kecha Toshkent shahar hokimligida poytaxtning dolzarb muammolariga bagʻishlangan “Bugun - qurilish, ertga – tarix” mavzusida yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Unda Jahongir Ortiqxoʻjayev shaharda yangi uylar qurilishi davomida hokimiyat duch kelayotgan eng katta muammolarni aytib oʻtdi.

– Uylari buzilish rejasiga tushgan aholining 60 foizi berilgan kompensatsiyani olib, boshqa joyga koʻchib ketishga rozi, biroq qolganlari oʻz uyidan koʻchib ketishni istamaydi, – dedi Jahongir Ortiqxoʻjayev. – Vaholanki, biz ularning har biriga hozirgi yashab turgan joyidan ham yaxshiroq joyni taklif qilib chiqayapmiz. Maqsadimiz aholini rozi qilish. Fuqarolarimiz poytaxtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni toʻgʻri tushunishini istardik, deb Ortiqxoʻjayevning soʻzlarini keltiradi OʻzA.

Majlisda xabar berilishiga koʻra, bugun poytaxtda 750 mingta oila yashaydi. Ulardan 150 mingtasining uyga ehtiyoji bor. Shuni hisobga olgan holda Toshkentda 2019 yilda 20 mingta xonadon qurilishi rejalashtirilgan.

Asosiy mavzular