19:07 16 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Jiteli poselka Gilan

Rossiyalik mutaxassis oʻzbekistonliklarning uzoq yashash sirini aytdi

© Goskomturizma Uzbekistana
Jamiyat
Havola olish
1669 0 0

Statistik maʼlumotlarga koʻra, Markaziy Osiyo respublikalari orasida Oʻzbekiston aholisi eng uzoq umr koʻradi. 

TOSHKEN, 17 fev - Sputnik. Oʻzbekistonliklarning boshqa respublikalarga qaraganda uzoq umr koʻrishiga bir necha sabablar boʻlishi mumkin, deydi Rossiya Gerontologiya ilmiy instituti direktori Olga Tkacheva.

Bu yerda koʻp usimlik mahslotlar isteʼmol qilishi, koʻp harakat qilish, alkogol va tamaki mahsulotlarini kam isteʼmol qilishi muhim oʻrin tutadi. Undan tashqari sharqiy mamlakatlarda yoshi katta insonlarni hurmat qilishadi, ularga yordam berishadi. Albatta bu ham umr uzayishiga oʻz hissasini qoʻshadi.   

Maʼlumki umr uzoq boʻlishiga genetika faqat 15 % hissa qoʻshadi xolos. Sogʻliqni saqlash tizimining ulushi esa – 15 %dan 25 %gacha. Uzoq umr koʻrishda eng asosiy omil esa – bu turmush tarzidir. Inson qanday yashashi, koʻp yoki kam harakat qilishi, qanday ovqatlar isteʼmol qilishi, alkogol va tamaki mahsulotlari isteʼmoli – eng katta va eng muhim oʻrin tutadi.

Shuning uchun bugungi kunda koʻp davlatlarda aholi orasida sogʻlom turmush tarzi keng targʻib qilinmoqda. Oʻz umri uzoqligi uchun aholining oʻz javobgarlik burchini oshirishga harakat qilishmoqda.

Albatta, ushbu oʻrinda tibbiyot va ijtimoiy sohaning tutgan oʻrni juda muhim. Bu borada inson yoshi qancha katta boʻlsa ushbu sohalarning tutgan oʻrni ham ham shunchalik muhim boʻlishini taʼkidlash lozim, deydi mutaxassis.

Asosiy mavzular