12:03 23 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.92
  • EUR9676.70
  • USD8624.51
Blokcheyn protiv koruptsii

Blokcheyn Oʻzbekistonda kadastr va koʻchmas mulk daxlsizligini taʼminlaydi

© UzA
Jamiyat
Havola olish
277 0 0

Bugungi kunda blokcheyn texnologiyasi amalda qoʻllanilmoqda va u kadastr hisobi va koʻchmas mulkni roʻyxatdan oʻtkazish sohasidagi faoliyatning oshkoraligini taʼminlamoqda”,

TOSHKENT, 17 fev – Sputnik. Oʻzbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligida “Blokcheyn ­- korruptsiyaga qarshi innovatsion tizim” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi, deb xabar qilmoqda OʻzA.

Suhbat davomida Oʻzbekistonda davlat xizmatlari sohasida blokcheyn texnologiyasini qoʻllash  yordamida  korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, BMT Taraqqiyot dasturining “Davlat boshqaruvini samarali rivojlantirish va raqamli transformatsiyaga koʻmaklashish” loyihasining milliy konsultanti Bunyod Hoshimxoʻjayev, Oʻzbekistonda  2018 yilning may oyidan beri bu sohada amalga oshirilgan qator ishlar qilingani haqida soʻzladi.

Xoshimxoʻjayev aytishiga koʻra, maktab attestatlarini qalbakilashtirish, davlat kadastr idoralarida tovlamachilikka yoʻl qoʻymaslik hamda koʻchmas mulk egalarining hisob yozuvlariga noqonuniy oʻzgartirishlar kiritishlariga imkon qoldirmaslik maqsadida – 2018 yilning may oyidan boshlab, tajriba tariqasida, blokcheyn texnologiyasini qoʻllash amaliyoti joriy etilgan. 

“Bugungi kunda blokcheyn texnologiyasi amalda qoʻllanilmoqda va u kadastr hisobi va koʻchmas mulkni roʻyxatdan oʻtkazish sohasidagi faoliyatning oshkoraligini taʼminlamoqda”, - deyilgan xabarda.

Oʻzbekiston Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi kadastr hisobi va koʻchmas mulkni roʻyxatdan oʻtkazish tizimida blokcheyn texnologiyalarning afzalliklari va imkoniyatlarini oʻrganib chiqib unining afzalliklarini qayd etgan.

Shuningdek, suhbat davomida, davlat xizmatlarini takomillashtirish, davlat muassasalarining shaffofligi va hisobdorligini taʼminlash maqsadida - davlat xizmatlarining  boshqa sohalarida ham blokcheyn tizimini integratsiya qilishni davom ettirish lozimligiga eʼtibor qaratildi.

Eslatib oʻtamiz, soʻnggi yillar davomida Oʻzbekistonda kooruptsiyaga qarshi qator choralar koʻrilmoqda. 2018 yili 1561 nafar turli toifadagi mansabdor shaxslar korruptsiyada ayblanib, jinoiy javobgarlikka tortilgan edi.

Asosiy mavzular