13:02 15 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Skrepleniye pechatyami

Apostil qoʻyish tartibi rasman tasdiqlandi

© Sputnik/Viktor Tolochko
Jamiyat
Havola olish
264 0 0

Xorijiy davlatda olingan hujjatlarga apostil qoʻyish reglamenti tasdiqlandi.

TOSHKENT, 17fev – Sputnik. Oʻzbekistonda xorijiy davlatda olingan rasmiy hujjatlarga apostil qoʻyish boʻyicha maʼmuriy reglament tasdiqlandi, deb xabar qilmoqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” telegram kanali.

“Hukumat qarori bilan Adliya organlari va muassasalaridan hamda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlarga apostil qoʻyish boʻyicha maʼmuriy reglament tasdiqlandi”, - deyilgan xabarda.

Reglamentga asosan, ariza beruvchi davlat xizmatini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelgan holda murojaat etadi hamda markaz xodimi tomonidan elektron soʻrovnoma toʻldiriladi.

Soʻrovnomaga quyidagilar ilova qilinadi:

  • ariza beruvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
  • xorijiy davlat – xorijiy rasmiy hujjatlarni legallashtirish talabini bekor qiluvchi Konventsiyaning (Gaaga, 1961 yil 5 oktyabr) qatnashchisi hududida foydalaniladigan rasmiy hujjat.
  • Davlat xizmatini koʻrsatish uchun eng kam oylik ish haqining 20 foizi (40 546 soʻm) miqdorida yigʻim undiriladi.

Soʻrovnoma toʻldirilganidan soʻng 10 daqiqada Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalariga elektron shaklda yuboriladi.

Soʻrovnoma tushganidan soʻng vakolatli organ 5 ish kunida apostil qoʻyish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

Asosiy mavzular