23:46 19 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Pismennыe prinadlejnosti

Nikoh shartnomalarini majburiy qilish haqida qonun loyihasi kiritildi

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Jamiyat
Havola olish
262 0 0

Sputnik mushtariylarining 75 %dan ortigʻi nikoh shartnomalarini majburiy qilish borasida ijobiy  fikr bildirgan.

TOSHKENT, 18 fev – Sputnik. Namangan viloyat hokimligi Oila kodeksiga oʻzgartirish kiritish tashabbusi bilan chiqdi. Hokimiyat hususan nikohlanuvchilar oʻrtasida nikoh shartnomasi tuzishni majburiy qilib belgilash haqida taklif kiritdi. 

Hokimiyat kiritgan taklifiga koʻra,  kelin va kuyov oʻrtasida nikoh shartnomasi tuzilgan holatda - ularning nikohi FHDYO organida qayd etilishi mumkin boʻladi.

Bugungi kunda nikoh shartnomasi - er va xotinning nikohda boʻlgan davrida va nikohdan ajratilgan taqdirda ularning mulkiy huquq hamda majburiyatlarini belgilovchi kelishuvi hisoblanib, hozirgi kunda uni tuzish ixtiyoriydir.

Elatib oʻtamiz, bir necha kun oldin “Xalq soʻzi” nashrida “Oila” ilmiy – amaliy markazi mutaxassisi Gulnora Ishanxanova bilan intervyu chop etilgan edi. Unda mutaxassis “Nikoh shartnomasi oilani mustahkamlaydi, agar ajralishga toʻgʻri kelsa - koʻplab mojarolardan saqlab qoladi”, - degan fikr bildirgan edi.

Ushbu maqola chop etilganidan soʻng “Sputnik” sahifalarida “nikoh shartnomalari majburiy boʻlishiga qanday qaraysiz” mavzusida soʻrov oʻtkazildi. Bugungi kunda ushbu soʻrovda 260 dan ortiq kishi ishtirok etgan.

Soʻrov natijalariga koʻra, Sputnik mushtariylarining 75 %dan ortigʻi nikoh shartnomalarini majburiy qilish borasida ijobiy  fikr bildirgan. Ularning fikriga koʻra nikoh shartnomasini imzolash – yoshlarning javobgarlik burchini oshirish va ikkala tomon huquq va majburiyatlarini tenglashtirishga xizmat qiladi.

Asosiy mavzular