14:35 23 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
441 0 0

Internet tezligini oʻlchovchi Speedtest.net reytingi boʻyicha Oʻzbekiston 129 va 131 pogʻonalarni egalladi.

TOSHKENT, 18 fev – Sputnik. Oʻzbekiston internet tezligi reytingida oʻtgan yilga nisbatan mobil internet boʻyicha 18 pogʻona simli internet boʻyicha 23 pogʻona pastga tushdi, deb xabar qilmoqda “Xalq soʻzi” nashri Speedtest.net saytiga asosan.

Irlandiyaning Ookla kompaniyasiga qarashli Speedtest.net internet-servisi Speedtest Global Index har oylik reytingni eʼlon qildi. Unda 2019 yil yanvar oyi yakunlari boʻyicha butun dunyo boʻyicha mobil va simli internet tezligi boʻyicha maʼlumotlar chop etildi.

Mobil internet tezligi boʻyicha Oʻzbekiston 137 davlat ichida 129-oʻrinni egalladi (8,80 Mbit/s). Bu oʻtgan yil soʻnggidagi koʻrsatkichdan 18 pogʻona pastroq sanaladi. Simli internet tezligi boʻyicha mamlakat 177 davlat orasidan 131-pogʻonada qayd etildi (11,31 Mbit/s). Bu koʻrsatkich boʻyicha Oʻzbekiston naq 23-oʻrin pastga tushib ketdi.

Qayd etib oʻtish kerak, mazkur kompaniya yangi yildan reytingga shu paytgacha roʻyxatga kiritilmagan davlatlarni ham qoʻshgan. Bu oʻz navbatida Oʻzbekistonning pozitsiyalariga taʼsir koʻrsatgan.

Umumjahon reytingiga nazar solsak, simli internet boʻyicha dunyoda yetakchi mamlkatlar Singapur – 197, Gonkong – 169, Islandiya – 159, Monako – 152 Mbit/s. AQSH – 111 Mbit/s (8 oʻrin).

MDH mamlakatlari orasida Rossiya – 47 Mbit/s (46 oʻrin), Ukraina - 41 Mbit/s (51 oʻrin), Belarus  - 38 Mbit/s (52 oʻrin), Qozogʻiston – 31 Mbit/s (61 oʻrin), Qirgʻiziston – 20 Mbit/s (92 oʻrin).

Asosiy mavzular