08:36 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
541 0 0

Oʻzbekiston Davlat geologiya muzeyi direktori Ahmadjon Ahmedshayev dinozavr qoldiqlari deb taxmin qilinayotgan topilma boʻyicha fikrlarini bildirdi.

TOSHKENT, 18 fev — Sputnik. Oʻzbekiston Davlat geologiya muzeyi direktori Ahmadjon Ahmedshayev “Xalq soʻzi” nashriga bergan intervyusida mazkur suyaklar dinozavrniki emasligiga ishonishini maʼlum qildi.

Ahmadjon Ahmedshayevning maʼlum qilishicha,  mavzu davrimizdan 130 — 180 million yillar muqaddam yashagan dinozavrlar haqida ketyapti. Mazkur davrdagi suyak qoldiqlari toshga aylanmagan boʻlsa, bizgacha yetib kelmaydi. Chunki yillar suroni, geografik oʻzgarishlar, tabiiy ofatlar, iqlim oʻzgarishlari uni yoʻq qilib yuboradi. Toshlarga esa bu kabi hodisalarning taʼsir qilishi qiyin. Rishton tumanidagi suyak qoldiqlarining shundoqqina pol ostidan sof suyak holida topilishi shu jihatdan ilmiy asossizdir.

Shuningdek, dinozavr suyaklariga baho berishda bizning ilmiy tildagi 60 million yillardan dalolat beradigan boʻr qatlam, yura davri qatlamlari boʻlishi kerak.

Uning fikricha, suyak qoldiqlari mushuksimonlar oilasiga taalluqli hayvonga tegishlidir. Yaydoq choʻl hududi boʻlganligi uchun bu bundan ikki-uch asr oldin, balki undan ham koʻproq yillarda yashagan choʻl mushugi, qamish mushugining suyak qoldiqlari boʻlishi mumkin.

Ahmedshayev Fargʻona davlat universitetining zoologiya kafedrasi mutaxassislari, professor va fan nomzodlari mazkur hodisaga nisbatan oʻzlarining ilmiy xulosalarini berishi kerakligi taʼkidladi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq  Rishton tumani, Yangiyoʻl qishlogʻida istiqomat qiluvchi fuqaro oʻz uyini qayta taʼmirlash va rekonstruktsiya qilish jarayonida uyning eski pol ostidan noanʼanaviy koʻrinishdagi hayvon qoldiqlariga duch kelgani haqida xabar qilgan edik.

Asosiy mavzular