13:32 23 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
253520

Test sinovlarida muhim yangilik kiritilmoqda - abituriyentlar 3tagacha OTM tanlashi mumkin.

TOSHKENT, 18 fev – Sputnik. Oʻzbekistonda 2019 /2020 oʻquv yilidan boshlab test sinovlariga muhim oʻzgarishlar kiritilishi kutilmoqda. Bu haqida Davlat Test markazi tomonidan ishlab chiqilgan yangi qonun loyihasida aytib oʻtilgan.

Xususan, 2019 /2020 oʻquv yilidan boshlab quyidagilar taklif qilingan:

  • OTMlarga kirish test sinovlarini iyul-avgust oylarida oʻtkazish;
  • eng yuqori ballning 30 % va undan yuqori ballni toʻplagan abituriyentlarga test sinovlari natijalari aks etgan, 3 yil muddatga amal qiladigan sertifikat berish;
  • abituriyent jamlagan bali asosida uchtagacha taʼlim yoʻnalishida tanlovda ishtirok etishi uchun imkoniyat yaratish;
  • test fanlari ikki boʻlimga ajratib, 1-boʻlimga majburiy 3 ta fan – ona tili, matematika va Oʻzbekiston tarixi, 2-boʻlimga - mutaxassislikka mos ikkita fanni kiritish;

  • “Oʻzbek tili”, “Rus tili”, “Qoraqalpoq tili” fanlari boʻyicha alohida yozma imtihon tashkil etish. Oʻzbek va Qoraqalpoq tillarida sinovlar faqat lotin alifbosida tayyorlanadi.

Undan tashqari, ball hisoblashda OTM imtihon fanlari bloki va ketma-ketligi hisobga olinadi. Imtihonlar katta sigʻimli binolarda oʻtkazilib, javoblari imtihonning ertasi kuni DTM sayti orqali eʼlon qilinadi.

Test sinovlarini toʻlov asosida oʻtkazish

Maktab va kollejlarni joriy yilda bitirgan abituriyentlar uchun test sinovlari - bepul oʻtkaziladi;

Maktab va kollejlarni oldingi oʻquv yillarida tugatgan abituriyentlardan test sinovlarida ishtirok etishi 1 EKIH miqdorida yigʻim undiriladi

Davlat taʼminotidagi yetim bolalar, I va II guruh nogironlari ham bepul test sinovidan oʻtadi;

Ushbu yigʻimlar Davlat test markazi faoliyatini rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.

Harbiylar uchun imtiyozlar qisqartiriladi

Yangi qonun loyihasida harbiylar uchun belgilangan imtiyozlarni qoʻllash tartibiga ham bir qator oʻzgarishlar kirtish belgilangan. Xususan, 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab:

muddatli harbiy xizmatni oʻtagan va harbiy qismlar qoʻmondonligining tavsiyanomasiga ega shaxslardan iborat abituriyentlar uchun oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun ushbu shaxslar oʻrtasida oʻtkaziladigan tanlov asosida alohida kvotalar ajratish tartibi kiritiladi;

harbiy qism komandirining tavsiyanomasi faqat harbiy oliygohlar uchun imtiyozga ega boʻlishi nazar da tutiladi.

Asosiy mavzular