O‘zbekistonda ayollar onkologik kasallikka qarshi emlanadi

© Sputnik / Maksim BogodvidShpris s lekarstvom
Shpris s lekarstvom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbeksitonda ayollarda uchraydigan bachadon bo‘yni saratonining oldini olishga qaratilgan Odam papillomasi virusiga qarshi vaksina joriy qilinmoqda.

TOShKENT, 18 fev – Sputnik. O‘zbekistonda  ayollarda uchraydigan bachadon bo‘yni saratonining oldini olishga qaratilgan Odam papillomasi virusiga qarshi vaksina joriy qilinmoqda, deb xabar qildi O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati.

Germaniyalik onkolog saratondan saqlanishning eng yaxshi uslubini aytdi

Ta’kidlanishicha, JSST ma’lumotlariga ko‘ra, har yili dunyo miqyosida 370 mingdan ortiq ayolda bachadon bo‘yni saratoni birinchi bor qayd etiladi, shulardan 190 mingtasi ushbu kasallik oqibatida vafot etadi. O‘zbekistonda esa bachadon bo‘yni saratoni eng ko‘p uchraydigan saraton kasalliklari orasida ikkinchi o‘rinda. Kasalliklar orasida xavfliligi ko‘rsatkichi bo‘yicha esa bachadon bo‘yni saratoni barcha yoshdagi ayollar o‘rtasida ko‘krak bezi va oshqozon saratoni xastaliklariidan keyin uchinchi o‘rinda va tug‘ish yoshidagi ayollar orasida bachadon bo‘yni saratonidan o‘lim ko‘rsatkichi ikkinchi o‘rinda turadi. Shunday qilib, papilloma virusi kasalliklarining salmog‘i yuqori bo‘lib, uni oldini olish uchun samaradorligi yuqori va xavfsiz bo‘lgan odam papillomasi virusi vaksinasi bilan emlash orqali bachadon bo‘yni saratoni bilan kasallanishning kamayishiga erishish mumkin.

Diagnostika jenskoy molochnoy jelezi na mammografe - Sputnik O‘zbekiston
Saratonning asosiy belgilari ma’lum qilindi

JSSTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi mas’ul xodimi Kamola Safayevaga ko‘ra, dunyoda OPVga qarshi vaksina bilan qizlar 2006-yildan boshlab emlanadi. Yuzdan ortiq mamlakatlar undan foydalanish uchun ruxsat olgan, ulardan 74 tasi vaksinani o‘zlarining milliy emlash kalendariga kiritgan. Ko‘p yillik o‘rganishlar vaksinaning samarasi 10-yildan ortiq ekanini ko‘rsatmoqda.

“Milliy emlash kalendari bo‘yicha yurtimizda bolalar 12 ta boshqariladigan infeksiyaga qarshi davlat hisobidan profilaktik emlanadi, ularni qo‘llash evaziga ko‘p yillardan buyon qator kasalliklarning oldi olinyapti”, — deydi Sog‘liqni saqlash vazirligi Sanitariya-epidemiologiya nazorati bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Dilorom Tursunova.

Britaniyalik olimlar saratonning yettita asosiy alomatlarini sanab o‘tishdi

Ta’kidlanishicha, joylarda Global vaksina va immunizatsiya alyansi yordamida qurilayotgan muzlatgichli omborlarda vaksinalar sifatli saqlanadi va tarqatiladi. Vaksinalar joriy yilning birinchi yarmida O‘zbekistonga olib kelina boshlaydi va oktabr oyidan boshlab 400 ming nafarga yaqin 9 yoshli qizlar maktablarda va tibbiyotning birlamchi bo‘g‘inlarida emlanadi.

Yangiliklar lentasi
0