14:09 23 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
140210

Oxirgi bir yil mobaynida Oʻzbekistondan Qirgʻizistonga tuxum eksport qilinmagan – deb maʼlum qildi Oʻzbekiston Veterinariya qoʻmitasi chegara veterinariya nazorati boshqarmasi vakili.

TOSHKENT, 18 fev – Sputnik. Internetda Qirgʻizistonda “rezina” tuxum paydo boʻlganligi haqida xabar qizgʻin muhokamaga qilinmoqda.

Qirgʻiziston fuqarosining soʻzlariga koʻra, pishirilgan tuxum sarigʻi “rezina” boʻlib chiqdi. Uning fikriga koʻra, bu tuxumlar Xitoyda ishlab chiqarilgan.

Sputnik Qirgʻiziston agentligi ushbu masala yuzasidan Qirgʻiziston parrandachilik uyushmasi raisi Rustam Osmonaliyevga murojaat qildi.

Osmonaliyevning soʻzlariga koʻra, sifati qoniqarsiz boʻlgan tuxumlar haqida shikoyatlar kelib tushgan.

“Uyushmaga bir necha marta kelib chiqishi nomaʼlum va sifati qoniqarsiz boʻlgan tuxumlar Oʻzbekiston hududidan kelayotganligi haqida xabar berilgandi”, - dedi Osmonaliyev.

Uning fikriga koʻra, bunday holatning sababi parrandalarga beriladigan oziqada emas. Tuxumlar muzlatgich kameralarda uzoq muddat saqlanganligi yohud Oʻzbekiston yoki Xitoyda sintetik yoʻl bilan ishlab chiqarilgan.

Sputnik Oʻzbekiston agentligi ushbu holatga oydinlik kiritish maqsadida Oʻzbekiston Veterinariya qoʻmitasiga murojaat qildi. Qoʻmitada bu ayblovlarni rad etishdi.

“2018 yil va joriy yilda Oʻzbekistondan Qirgʻizistonga tuxum eksport qilinmagan. Tuxum eksport qilish uchun ruxsatnoma rasmiylashtirish zarur. Shu davr mobaynida Qirgʻizistonga tuxum eksport qilish uchun ruxsatnoma olish yuzasidan murojaat qilinmagan”, - deb taʼkidladi Oʻzbekiston Veterinariya qoʻmitasi chegara veterinariya nazorati boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Alijon Jumayev.

Amaldorning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekistondan tuxum Afgʻoniston, Tojikiston va Eronga eksport qilinadi. Shuningdek, Oʻzbekistondan Qirgʻizistonga faqat kombikorm, qurt va biogumus oʻgʻit eksport qilinadi.

Asosiy mavzular