01:29 07 Iyul 2020
Efir
  • RUB145.97
  • EUR11411.48
  • USD10173.38
Jamiyat
Havola olish
1183 0 0

20-21 fevral kunlari esa Volgaboʻyidan kirib kelgan nam va salqin havo respublikaning barcha hududlariga taʼsir qiladi.

TOSHKENT, 18 fev – Sputnik. Ertaga, 19 fevral kuni Oʻzbekiston hududining katta qismiga Turkmanistondan iliq havo oqimlari kirib kelishi kutilmoqda. FVV xabariga asosan.

Faqatgina shimoliy hududlar Volga boʻyidan kirib kelishi kutilayotgan nam va salqin havo oqimlari taʼsirida boʻladi. Hududlarda yogʻingarchilik kutilmaydi, lekin mamlakatning shimoliy viloyatlarida qor yogʻishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq, shimolda 0-5 daraja iliq boʻladi.

20-21 fevral kunlari esa Volga boʻyidan kirib kelgan nam va salqin havo respublikaning barcha hududlariga taʼsir qiladi. Xususan, 20 fevral kunlari mamlakatning katta qismida yogʻingarchilik boʻladi. Yomgʻir, qor yogʻadi. 21 fevralda Fargʻona vodiysining ayrim joylarida qor yogʻishi kutilmoqda. 22-23 fevral kunlari salqin havo oqimlari asta-sekin chekinishni boshlaydi.

Harorat 20 fevralda kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq, 21 fevral kuni kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi. 22 fevral kuni kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻlishi kutilmoqda. 23 fevralda esa kechasi 3 daraja sovuq – 2 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq boʻladi.

Asosiy mavzular