Ichki ishlar xodimlariga hujumlar soni nega ko‘paymoqda – ekspert fikri

© Official website of the MoscowKoordinator mejregionalnoy obshestvennoy organizatsii "Moskovskiy profsoyuz politsii" Mixail Pashkin
Koordinator mejregionalnoy obshestvennoy organizatsii Moskovskiy profsoyuz politsii Mixail Pashkin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sovet davrida bir nafar militsiya xodimi bo‘lsa kifoya edi, odamlar uning talabini bajarar edi, - deydi ekspert.

TOShKENT, 20 fev — Sputnik. Ichki ishlar Tergov bo‘limi safida ko‘p yillar xizmat qilgan, Moskva Politsiyasi profsiyuzi koordinatori Mixail Pashkin nima sababdan so‘nggi vaqtlarda O‘zbekiston, Rossiyada va MDHning boshqa davlatlarida huquqni saqlash organlari xodimlariga qonun buzayotgan fuqarolar tomonidan hujum qilish holatlari ko‘paygani haqida hikoya qilib berdi.

Shevron sotrudnika Ministerstva vnutrennix del Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda IIBB xodimi shafqatsiz kaltaklandi

Qayd etish joizki, so‘nggi yillar davomida O‘zbekiston huquqni saqlash organlari faoliyatida katta o‘zgarishlar yuz berdi – IIV ochiq faoliyat yurita boshladi. Aholi  murojaatlari onlayn qabul qilinib ularga darhol choralar ko‘rila boshlandi. Afsuski, ushbu ijobiy o‘zgarishlarni barcha fuqarolar ham to‘g‘ri tushungani yo‘q.

Oxirgi vaqtlarda respublikaning u yoki bu hududida qonun buzgan fuqarolar tomonidan ichki ishlar xodimlariga hujum qilingani yoki ularning qonuniy talablariga bo‘y so‘nmaslik haqidagi xabarlar paydo bo‘lmoqda. Eng achinarlisi, ana shunday voqealar aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, ko‘plab “layk” jamlamoqda.

Ichki ishlar xizmati veterani Mixaila Pashkin aytishiga qaraganda ushbu kabi xavotirli tendensiyaning bir necha sabablari bo‘lishi mumkin.

Militsiya - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda ichki ishlar xodimlari va bir guruh yoshlar o‘rtasida mojaro yuzaga keldi

“Birinchidan, bu IIB xodimlarining xulq-atvoriga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ular o‘zlarni noto‘g‘ri tutayotgan bo‘lishlari mumkin. Axir sovet davrida bir nafar militsiya xodimi bo‘lsa kifoya edi. Odamlar uning talabini bajarar edi, xalq militsiyaga so‘zsiz ishonar edi.

Hozir bo‘lsa, OAVlarda korrupsiya va vazifasini suistemol qilish haqida ko‘plab xabarlar paydo bo‘lmoqda. Buning natijasida, huquqni saqlash organlari xodimlariga ishonmaslik, undan so‘ng esa – ularga bo‘yso‘nmaslik kelib chiqadi”, -  deydi Pashkin.

Ikkinchidan esa, ekspert fikriga ko‘ra, huquqni saqlash organlari vakillariga hujum qilish - bu hukumatga qarshi faoliyatning bir ko‘rinishi bo‘lishi mumkin. Shu o‘rinda, Pashkin Rossiyaning Checheniston va Dog‘iston o‘lkalarida bo‘lib o‘tgan voqealarni esga oldi. U yerda 2017-2018 yillarda "Islomiy davlat" bilan bog‘liq terrorchilar bir necha bor politsiya va yo‘l nazorati inspeksiyasi xizmati xodimlariga hujum qilgan edi.

Okazanie pervoy pomoshi  - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent viloyatida ichki ishlar xodimiga pichoq bilan hujum qilindi

Pashkin aytishiga ko‘ra, bunday sharoitda IIV vakillari va rahbariyati aholi bilan tez-tez uchrashib turishi, ularning arzlariga javob berishi kerak, nohaqlik yuz bergan bo‘lsa - uni hal qilishi kerak. 

“Ushbu uchrashuvlar rasmiyatchilik yuzasidan emas, ochiq oydin, OAVda kenga yoritilgan holda o‘tishi kerak. Ularda muammolar hal qilinishi kerak”, - dedi rossiyalik ekspert.

Toshkent shahar IIBB boshlig‘i Rustam Jo‘rayev bo‘lib o‘tgan brifinglardan birida aholidan IIB xodimlari tomonidan qonunbuzarlik guvohi bo‘lganda, muammoni tezroq hal qilish uchun, videoni darhol Facebookka joylamasdan "102" raqamiga qo‘ng‘iroq qilishni maslahat bergan edi.

Pashkin ob otnoshenii k pravooxranitelyam: v SSSR militsionera vsegda slushalis
Yangiliklar lentasi
0