20:23 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
215 0 0

“Obod qishloq” dasturini 2019 yilda amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi prezident qarori qabul qilindi.

TOSHKENT, 21 fev – Sputnik. “Obod qishloq” dasturini 2019 yilda amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining rasmiy Telegram-kanalida xabar qilindi.

Qarorga muvofiq, 2019 yilda “Obod qishloq” dasturi doirasida:

- 159 ta tumanda 1,6 milliondan ortiq aholi yashaydigan 478 ta qishloqlarda qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladi hamda mazkur chora-tadbirlar uchun4,8 trillion soʻm sarflanadi;

- umumiy uzunligi 5 ming 476 kilometrdan iborat mintaqaviy yoʻllar (ichki koʻchalar) taʼmirlanadi va rekonstruktsiya qilinadi;

- 1,3 trillion soʻm miqdoridagi mablagʻlar hisobidan qishloqlar obodonlashtiriladi;

-  36 mingdan ortiq hamda umumiy uzunligi 2 ming 458 kilometr boʻlgan tungi koʻcha yoritish hamda 21 ta aloqa tizimi yaxshilanadi.

- 556 ta avtobekat quriladi hamda 46,3 milliard soʻmlik 189 ta zamonaviy avtobuslar xarid qilinadi;

- ichimlik suvi taʼminoti tizimini yaxshilash maqsadida 2 ming 219 kilometr yangi tarmoq hamda 221 ta suv inshooti quriladi, 729 kilometr tarmoqlar hamda 163 ta suv inshootlari rekonstruktsiya qilinadi;

- 361 milliard soʻm miqdoridagi mablagʻlar hisobidan elektr va gaz taʼminoti tizimi yaxshilanadi;

- 214 ming 200 ta yakka tartibdagi uy-joylar hamda 1 ming 182 ta koʻp xonadonli uy-joylar taʼmirlanadi;

- 378 ta koʻp xonadonli uy-joylar hududlari obodonlashtiriladi;

- 280 ta bogʻcha, 510 ta maktab, 237 ta sogʻliqni saqlash hamda 439 ta boshqa ijtimoiy soha obʼyektlari quriladi;

- jami 2 ming 532 ta bozor infratuzilmasi obʼyektlari quriladi va taʼmirlanadi;

- 296 kilometr irrigatsiya va 1 ming 538 kilometr melioratsiya obʼyektlari quriladi, 584 kilometr irrigatsiya obʼyektlari tozalanadi.

Asosiy mavzular