19:40 16 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB142.96
  • EUR10360.56
  • USD9395.63
Jenskiye nogi

“Soatiga 150 ming soʻm” – “Oriyat” tadbirida qoʻlga olingan 187 ta yengiltak ayol iqrorliklari

© Foto: pixabay.com
Jamiyat
Havola olish
153001

Qoʻlga olingan yengil tabiat ayollardan biri bu ishni oxiri oʻlimligini, oʻlganida tashlamasa, undan oldin tashlolmasligi qayd etdi.

TOSHKENT, 21 fev – Sputnik. Toshkent shahri patrul post xizmati shaxsiy tarkibi hamda odam savdosi bilan noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari tomonidan 4 fevraldan 15 fevralga qadar “Oriyat” tadbirlari oʻtkazildi.  Bu haqda Toshkent shahar IIBB multmedia markazi “Vaziyat” video lavhasini tayyorladi.

Tadbir davomida 187 nafar yengil hayot tarzini oʻziga kasb etgan olgan ayollar qoʻlga olindi.

Yengil hayot tarzini oʻzlariga kasb qilib olgan ayollar pul topishning oson yoʻlini tanlashgan. Ular  halol mehnat ortidan keladigan mablagʻ moddiy ehtiyojlariga yetmasligini iddao qilishdi.

Xabarda ular ilgari ishlab pul topishganliklari va topgan pullari yaxshi yashashga yetmaganini maʼlum qilishdi. Baʼzilari esa fohishalik qilib oson pul topaman, pulga qiziqib, shu yoʻlga kirganliklarini keltirib oʻtishdi. Qoʻlga olingan yengil tabiat ayollardan biri bu ishni oxiri oʻlimligini, oʻlganida tashlamasa, undan oldin tashlolmasligi qayd etdi.

Lavhada taʼkidlanishicha, ushbu ayollarning aksariyati oldin ham shu ish bilan shugʻullangani uchun maʼmuriy javobgarlikka tortilgan.

Qayd etilishicha, oʻtkazilgan tadbirlar davomida ichki ishlar boʻlimlariga keltirilgan fohishalikda gumondor ayollar shaxsiga aniqlik kiritilib, ular tibbiy tekshiruvlardan oʻtkaziladi. Bu ayollarga ishga joylashish, turar-joy masalasi, shuningdek, qarindoshlari bilan yuzaga kelgan tushunmovchiliklar yuzasidan yarashtirish boʻyicha yordam koʻrsatiladi.

Eslatib oʻtamiz, 2019 yil boshida  Oʻzbekiston prezident tomonidan ayrim qonun hujjatlariga jamoat tartibini taʼminlash mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun  imzolandi. Qonun bilan kiritilgan oʻzgartirishlarga asosan fohishalik uchun jarima miqdori oshirildi, bu ish bilan shugʻullanish eng kam oylik ish haqining uch baravaridan yetti baravarigacha jarima solinishiga olib keladi (ilgari eng kam oylik ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha).

IIBB Oʻzbekiston erkaklarini fohishalar xizmatidan foydalanmaslikka chaqirdi

Shuningdek, ushbu huquqbuzarlik bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa eng kam ish haqining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi (ilgari eng kam oylik ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha jarima).

Asosiy mavzular