19:59 16 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB142.96
  • EUR10360.56
  • USD9395.63
Uzbekskiye shkolniki

Oʻquvchi sumkasidan pnevmatik avtomat topilgani haqidagi xabar yuzasidan XTV axboroti

© Ministerstvo obrazovaniya Uzbekistana
Jamiyat
Havola olish
537 0 0

Qoʻshimcha surishtiruv ishlarini olib borish uchun Yunusobod tuman IIBga oʻquvchi va uning ota-onasi chaqirtirildi.

TOSHKENT, 21 fev — Sputnik. Oʻquvchi sumkasidan pnevmatik avtomat topilgani haqidagi xabar yuzasidan XTV rasmiy bayonot berdi.

Taʼkidlanishicha, mazkur holat maktabning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari tomonidan aniqlangan va maktab maʼmuriyati mazkur holat boʻyicha Yunusobod tuman IIBga murojaat qilgan. Qoʻshimcha surishtiruv ishlarini olib borish uchun Yunusobod tuman IIBga oʻquvchi va uning ota-onasi chaqirtirildi.

Xabarda Oʻzbekiston Oliy sudi Plenumining 1996 yil 27 fevraldagi 3-son qarori 2-bandiga muvofiq, pnevmatik qurol oʻqotar qurolga kirmasligi toʻgʻrisida tushuncha berilgan va mamlakatimizda pnevmatik qurollar savdosiga hech qanday cheklov oʻrnatilmagani aytib oʻtiladi.

“Vazirlik tomonidan maktab rahbarlariga ota-onalar bilan majlislar oʻtkazib, bunday holatlar yuzaga kelmasligi uchun tushuntirish ishlarini kuchaytirish yuzasidan topshiriqlar berildi”, - deyiladi xabarda.

Shuningdek, Xalq taʼlimi vazirligi ota-onalarni farzandlariga jamoat joylarida, jumladan, maktab hududiga bu kabi buyumlarni olib kelmasligi haqida tushuntirishlar berishga chaqirdi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkent shahri, Yunusobod tumanidagi 5-sonli umumtaʼlim maktabining 10-sinf oʻquvchisi sumkasidan MINI UZI IWI pnevmatik avtomat topilgani haqidagi xabar eʼlon qilingan edi.

Asosiy mavzular