“IShID” jangarilarida orasida bo‘lgan ayol va uning 3 nafar farzandi O‘zbekistonga qaytarildi

© Sputnik / Valery Melnikov / Mediabankka o‘tishPortret musulmanki
Portret musulmanki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati xodimlarining sa’y-harakatlari bilan Turkiyada olti yil jangarilar orasida bo‘lgan ayol va uning 3 nafar farzandi O‘zbekistonga qaytarildi.

TOShKENT, 22 fev - Sputnik. O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati xodimlarining sa’y-harakatlari bilan Turkiyada olti yil jangarilar orasida bo‘lgan  ayol va uning 3 nafar farzandi O‘zbekistonga qaytarildi.

O‘zAning ma’lum qilishicha, aka-uka Ilhom va Erkin To‘rayevlar 2011-yil Rossiya davlatiga ishlash uchun boradi. Ular u yerda “O‘zbekiston islom harakati” xalqaro terroristik tashkiloti safiga qo‘shilib qolishadi va odamlarni yollash bilan shug‘ullana boshlashadi. Shu orada Ilhom To‘rayev turmush o‘rtog‘i va farzandlarini ham yolg‘on va’dalar bilan o‘z yoniga chaqirib oladi. Ammo, Ilhomning qing‘ir harakatlari uzoqqa cho‘zilmadi. Tez orada u huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan qo‘lga olinib, O‘zbekistonga deportatsiya qilindi.

Boyeviki terroristicheskoy gruppirovki Islamskoe gosudarstvo (Zapreshena v RF) - Sputnik O‘zbekiston
Jangarilar safida 20-yildan ko‘p yashagan o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytdi

Ilhom To‘rayev qo‘lga olingan vaqtda uning ukasi Erkin Turkiyaning Istanbul shahrida qo‘nim topib, Pokiston, Afg‘oniston va Suriya davlatlaridagi “O‘zbekiston islom harakati” va “Imom al-Buxoriy katibasi” xalqaro terroristik tashkilotlar safiga yangi a’zolarni yollash va jo‘natish ishlari bilan shug‘ullanib kelardi. Shundan so‘ng Erkin 2013-yil akasining turmush o‘rtog‘i va farzandlarini Rossiyadan Turkiyaga chaqirib oladi va ularni ham o‘zlarining safiga qo‘shadi.

2019 yilda Ilhom To‘rayevning turmush o‘rtog‘i va 3 nafar voyaga yetmagan farzandi Davlat xavfsizlik xizmati xodimlarining sa’y-harakatlari bilan Turkiya davlatidan O‘zbekistonga qaytarildi.

Xolbibi Ko‘chirovaning so‘zariga ko‘ra, Istanbul shahrida farzandlari bilan ijarada qiynalib yashaydi, farzandlarining hujjatlari yo‘q edi, shu bois hech qayerga murojaat qilolmaydi.

Xabarda yozilishicha, hozirda Ilhom To‘rayev Sherobod tumanida joylashgan manzilli koloniyada jazo muddatini o‘tayapti va shu bilan birga, Jarqo‘rg‘on tumanidagi g‘isht zavodida shartnoma asosida ishlab kelmoqda.

Shuningdenk, u ekstremistik tashkilotlar safiga qo‘shilib qolganidan ming-ming pushaymonligini ma’lum qildi. O‘zga yurtlardan kelolmay yurganlarga murojaat qilib, ona-ona va oilasi bag‘riga qaytishlarini so‘radi.

Yangiliklar lentasi
0