23:12 22 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Klad zolotыx monet

Bosh prokuratura Toshkentda topilgan xazina boʻyicha maʼlumot berdi

© Sputnik/ Igor Mixalev
Jamiyat
Havola olish
1316 0 0

Oʻzbekiston Milliy universiteti tomonidan shu yil 25 yanvarda 17 turdagi topilmalar Qimmatbaho metallar agentligiga vaqtincha saqlovga topshirilgan.

TOSHKENT, 22 fev – Sputnik. Bosh prokuratura Toshkent shahrida shu yil yanvar oyida topilgan tarixiy qimmatbaho buyumlar haqida xabar boʻyicha izoh berdi.

Sputnik Oʻzbekiston agentligiga maʼlum qilinishicha, Milliy universitetining 4-bosqich talabasi, bir vaqtda universitet muzeyida 0,5 stavkada ishlovchi M.Yusupov tomonidan mahalliy OAVlardan birining ijtimoiy tarmogʻiga 2019 yil 19 yanvarda Toshkent shahrida qiymati 1 million dollarlik tarixiy qimmatbaho buyumlar topilganligi haqida maʼlumotlar va fotosuratlar taqdim etilgan.

“Oʻrganishda ijtimoiy tarmoqlarda keltirilgan topilmalarning aksariyati XIX asrga mansub boʻlib, ularning deyarli barchasi Oʻzbekiston Milliy universitetining muzeyi xodimi M.Yusupov tomonidan soʻnggi 2-3 yil davomida universitetdagi professor olimlardan muzey uchun olinganligi, ushbu ashyolarda ularning Universitetga tegishliligini tasdiqlovchi muhrlar mavjudligi, xabarda keltirilgan 8 kg oltin esa haqiqatda topilmaganligi aniqlandi”, - deb maʼlum qilindi Bosh prokuraturada.

Milliy universiteti tomonidan 2019 yilda 25 yanvarda 17 turdagi topilmalar Qimmatbaho metallar agentligiga vaqtincha saqlovga topshirilgan.

Hozirda ularning tarixiyligi va haqiqiy qiymati oʻrganilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Toshkent markazidagi eski binolardan birining yertoʻlasida olib borilgan qidiruv vaqtida shu bino yertoʻlasidan 80 yillar avval yoʻqolgan xazina topilganligi haqida xabar berilgandi.

Asosiy mavzular