Davlat konservatoriyasi eski binosi buziladimi - hokimlik bayonot berdi

© Press-slujba xokimiyata g. TashkentZdanie xokimiyata Tashkenta
Zdanie xokimiyata Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahar hokimligi Davlat konservatoriyasi eski binosining buzilishiga oid xabarlar soxta ekani bo‘yicha bayonot berdi.

TOShKENT, 22 fev – Sputnik. Toshkent shahar hokimligi Davlat konservatoriyasi eski binosining buzilishiga oid xabarlar soxta ekani bo‘yicha bayonot berdi. 

Na territorii elektrostansii v Kibrayskom rayone Tashkentskoy oblasti proizoshel pojar - Sputnik O‘zbekiston
Qibray elektr stansiyasidagi yong‘in Toshkentning bir qismini suvsiz qoldirdi

"Ijtimoiy tarmoqlarda avvalgidek poytaxtdagi obyektlar buzilishiga doir turli taxminlar va soxta ma’lumotlar tarqalishda davom etmoqda. So‘nggi mish-mishlardan biri - Darxon nomi bilan tanilgan hududda (Mirzo Ulug‘bek tumani, Mustaqillik prospekti) joylashgan O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi eski binosining buzilishiga oid. Eng avvalo Toshkent shahar hokimligi va Mirzo Ulugbek Business city direksiyasi rasman shuni ma’lum qiladiki, mazkur tarixiy binoning buzilishi hech qachon rejalashtirilmagan", - deyiladi hokimlik matbuot xizmati xabarida. 

Bundan tashqari, poytaxt ma’muriyati o‘zbekistonliklarni o‘z vaqtlarini turli mish-mishlar tarqatishga sarflamaslikka chaqirdi.

Yangiliklar lentasi
0