13:21 15 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB142.96
  • EUR10360.56
  • USD9395.63
Goroda Mira. Tashkent

Oʻzbekiston poytaxtini Jizzaxga koʻchirish taklifi yuzasidan oʻtkazilgan soʻrov natijalari

© Sputnik / Valeriy Melnikov
Jamiyat
Havola olish
443945

Yozuvchi Mamadali Mahmudov Oʻzbekiston poytaxtini Toshkentdan Jizzaxga koʻchirish haqida taklif bildirgandi.

TOSHKENT, 25 fev – Sputnik. Oʻzbekiston poytaxtini Toshkentdan Jizzaxga koʻchirish haqida taklif yuzasidan Sputnik Oʻzbekiston agentligi soʻrov oʻtkazdi.

Soʻrovda 649 kishi ishtirok etdi. Natijalarga koʻra, 50 foizdan ortiq kishi mamlakat poytaxtini Jizzax shahriga koʻchirish maqsadga muvofiq emas degan bandga ovoz bergan. Koʻpchilik oʻzbekistonliklar bu tashabbusni byudjet mablagʻini bekorga sarflash deya baholashgan.

Biroq 13 foiz kishilar poytaxtni respublikaning joʻgʻrofik markazida tashkil qilish tashabbusini qoʻllab-quvvatlashgan.

Soʻrovda qatnashganlarining 17 foizidan koʻpi Samarqandga poytaxt maqomini qaytarishga ovoz berishgan. Aynan Samarqand shahri XIV asrda Amir Temir davlatining poytaxti, 1925-1930 yillarda esa  Oʻzbekiston SSRning poytaxti boʻlgan.

Soʻrovda qatnashganlarning 10 foiziga yaqin qismi Oʻzbekiston poytaxtini yangi joyda tashkil qilishga ovoz berishgan.

Shuningdek, 9 foizdan ortiq kishi “hukumat bunga bormaydi” degan bandga ovoz bergan.

Eslatib oʻtamiz, oʻzbekistonlik yozuvchi Mamadali Mahmudov  Oʻzbekiston iqtisodiy qudrat choʻqqisiga chiqqanda, poytaxtni Jizzax viloyatiga koʻchirish taklif qilgandi.

Asosiy mavzular