12:42 15 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB142.96
  • EUR10360.56
  • USD9395.63
Oborudovaniye dlya zavoda GTL v Kashkadarinskoy oblasti

Qashqadaryodagi GTL zavodiga ulkan oʻlchamli uskunalar olib kelinmoqda

MinEnergo
Jamiyat
Havola olish
619 0 0

Ayni damda ogʻirligi 550 va 350 tonna boʻlgan ulkan qurilmalar Oʻzbekiston chegarasini kesib oʻtib Qoraqalpogʻiston hududida harakatlanmoqda.

TOSHKENT, 25 fev - Sputnik. Qashqadaryo viloyati hududida qurilayotgan GTL loyihasi uchun katta oʻlchamli uskunalar olib kelinmoqda, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston energetika vazirligi matbuot xizmati.

GTL zavodi gazni chuqur qayta ishlash natijasida undan sintetik suyuq yonilgʻi ishlab chiqarish imkonini beradi. Xususan, Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasida olingan tabiiy gazga chuqur ishlov berish orqali kerosin, dizel yoqilgʻisi, nafta va suyultirilgan gaz ishlab chiqariladi.

Mazkur zavod har yili 1,5 million tonnadan ortiq yuqori sifatli, Yevro 5 standartiga mos boʻlgan sintetik suyuq yoqilgʻi, shu jumladan, 743,5 ming tonna dizel yoqilgʻisi, 311 tonna avia kerosin, 431 ming tonnadan ortiq nafta, 50 ming tonnadan ortiq suyultirilgan gaz ishlab chiqarishi rejalashtirilgan.

Oborudovaniye dlya zavoda GTL v Kashkadarinskoy oblasti
MinEnergo
Oborudovaniye dlya zavoda GTL v Kashkadarinskoy oblasti

Ayni damda ikkita yirik oʻlchamli texnologik uskunalar Oʻzbekiston chegarasini kesib oʻtib Qoraqalpogʻiston hududi orqali Qashqadaryo viloyatiga kelmoqda.

Ogʻirligi 550 tonna, uzunligi 39 metr va diametri 6,9 metrga teng hamda ogʻirligi 350 tonna va uzunligi 25 metr boʻlgan ushbu qurilmalar bunyod etilayotgan zavodning sintetik suyuqliklarni ishlab chiqarish tsexida qoʻllaniladi.

GTL loyihasi ayni damda yakunlovchi bosqichga oʻtgan. Qurilish maydonchasiga 5 ming nafardan ortiq ishchi, quruvchi va muhandis safarbar etilgan, 500 dan ziyod qurilish va maxsus texnika jalb qilingan.

Oʻzbekistonda barpo etilayotgan GTL zavodi uchun dunyoning 24 mamlakatidagi 129 ta zavodda jami 11 mingdan ziyod texnologik uskunalar ishlab chiqarilmoqda. Ayni paytda qurilish maydonchasiga yuqori texnologik va yirik oʻlchamli uskunalar yetkazib berish amalga oshirilmoqda.

Oborudovaniye dlya zavoda GTL v Kashkadarinskoy oblasti
MinEnergo
Oborudovaniye dlya zavoda GTL v Kashkadarinskoy oblasti

Asosiy mavzular