04:15 01 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
94410

28 fevraldan 2 martgacha Oʻzbekiston hududiga Turkmaniston hudularidan nam havo oqimlari asta kirib kela boshlaydi.

TOSHKENT, 25 fev – Sputnik. 25-27 fevral kunlari Oʻzbekistonda quruq va iliq ob-havo kutilmoqda. Havo harorati kechasi 3-8 daraja iliq atrofida, kunduzi 13-18 daraja iliq, respublika janubi va choʻl zonalarida 20 darajagacha koʻtariladi, bu shu davr uchun koʻp yillik oʻrtacha qiymatlardan 2-4 darajaga yuqori haroratdir. FVV xabariga asosan.

28 fevraldan 2 martgacha respublika hududiga Turkmaniston hudularidan nam havo oqimlari asta kirib kela boshlaydi.

Mamlakat hududida bulutlilik ortib, 28 fevralda va 1 martda ayrim joylarga kuchsiz yomgʻir yogʻadi. 2 mart kuni respublikaning katta qismida yogʻingarchilik kutilmoqda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida yogʻingarchilik boʻlmaydi. Fargʻona vodiysi viloyatlarida bu davr mobaynida yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda.

Respublikaning togʻli tumanlarida vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi va qorga aylanadi.

Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, 28 fevral-1 mart kuni kunduzi 13-18 daraja iliq, 2 martda 10-15 daraja iliq, togʻli hududlarda 2 daraja sovuq – 3 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.

Asosiy mavzular