O‘zbekistonda yangi bayram paydo bo‘lishi mumkin

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPrazdnovanie Navruza v Tashkente
Prazdnovanie Navruza v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi bayram joriy etish haqida murojaat Mening Fikrim portalida joylashtirildi.

TOShKENT, 26 fev – Sputnik. O‘zbekistonda yangi bayram – “Ota-onalar” kuni joriy etilishi mumkin.  Bu haqda Mening Fikrim portalida petitsiya joylashtirildi.

Ana bayram: 2019-yildagi qo‘shimcha dam olish kunlari tasdiqlandi

Murojaat muallifining fikriga ko‘ra, o‘zbek xalqida ota-onaga hurmatda bo‘lish eng yuksak qadriyatlardan biridir. Shu sababdan ota-onalarga hurmat ruhini yoshlar ongiga chuqur singdirish zarur.

Ota-onalarga hurmat va e’zoz yuzasidan dunyoning ko‘plab davlatlarida “Ota-onalar kuni” keng nishonlanadi. Masalan, BMTda ota-onalar kuni 1-iyun, AQShda – iyul oyining so‘ngi yakshanbasi, Koreyada 8-may va Vyetnamda 7-iyul kuni nishonlanadi.

“Davlatimiz tomonidan “Ota-onalar kuni”ni bir sanada belgilash va mazkur kun doirasida oila, ota-onalarning mukarram va ulug‘ligini eslatuvchi targ‘ibot-tashviqot ishlarini, bayram tadbirlarini o‘tkazishni taklif qilamiz”, - deyilgan murojaatda.

Yangiliklar lentasi
0