15:25 23 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
13410

Yandeks bilan xizmatlarini mahalliylashtirish va taʼlim sohasida hamkorlik haqida muzokaralar oʻtkazildi.

TOSHKENT, 28 fev – Sputnik. Yandeks oʻz xizmatlarini mahalliylashtirish maqsadida serverlarini Oʻzbekistonda joylashtirishi mumkin. Bu haqida Oʻzbekiston Axborot texnologiyalari vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Kecha, 27-fevral kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Rossiyaning “Yandeks” kompaniyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

"Uchrashuv doirasida Oʻzbekiston bozorida “Yandeks”ning internet servislarini mahalliylashtirish, servislardan yaxshiroq foydalanish uchun CDN-serverlarni Oʻzbekistonda joylashtirish istiqbollari muhokama etildi", - deyilgan xabarda. 

Shuningdek taʼlim va malaka oshirish sohasidagi ham hamkorlik qilish, xususan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti va Toshkent shahridagi Inha universiteti bilan IT sohasidagi taʼlim dasturlarini yaratish boʻyicha hamkorlik masalalari alohida koʻrib chiqildi.

Muzokaralar natijalariga koʻra, 2019-2020 yillarda hamkorlikni jadallashtirish yuzasidan “Yoʻl xaritasi”ni yaqin vaqt ichida birgalikda ishlab chiqish kelishib olindi.

Asosiy mavzular