Moskvada shafqatsiz o‘yin: Tergov qo‘mitasi ko‘pkari o‘tkazilishi bo‘yicha tekshiruv boshladi

© Sputnik / Tabyldy Kadyrbekov / Mediabankka o‘tishUchastniki natsionalnoy konno-sportivnoy igri alaman ulak na territorii poselka Dacha SU pod Bishkekom
Uchastniki natsionalnoy konno-sportivnoy igri alaman ulak na territorii poselka Dacha SU pod Bishkekom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘tgan haftada Moskva ippodromida ilk bor ko‘pkari bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Undan keyin internetda va ayrim OAVlarda hayvonlarga shafqatsiz munosabat haqida shikoyatlar paydo bo‘ldi.

TOShKENT, 28 fev – Sputnik. Rossiya Tergov qo‘mitasi raisi Moskva ippodromida hayvonlar bilan shafqatsiz munosabat haqida kelib tushgan xabarlarni o‘rganish maqsadida tekshiruv o‘tkazish to‘g‘risida topshiriq berdi.

Avtomobili politsii na odnoy iz ulis v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Moskvada yuz kishi ishtirokida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi

24 fevral kuni Moskva ippodromida kok-boru bo‘yicha o‘rtoqlik o‘yin o‘tkazildi. Musobaqa rossiyaliklarni bu sport turi bilan tanishtirish maqsadida o‘tkazildi.

O‘sh, Jalolobod, Talas va Issiq-ko‘ldan kelgan 4 ta jamoa kuch sinashdi. Ushbu o‘yinni ko‘rish maqsadida minglab tomoshabinlar kelishdi.

Musabaqadan so‘ng internetda otning og‘iz qismi jarohatlangani tasvirga olingan suratlar paydo bo‘ldi. Bu haqda ayrim OAVlar xabar tayyorlashdi. Change.org saytida petitsiya joylashtirildi.

Moskva ippodromining Facebook sahifasida esa musobaqa faqat Qirg‘iziston kok-boru bo‘yicha Federatsiyasi tomonidan o‘tkazilganligi haqida xabar paydo bo‘ldi.  

Yangiliklar lentasi
0