14:50 23 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
170 0 0

Nogironlarga avtobusga chiqishi uchun haydovchilar pandus ishlamasligini bahona qilib uni ochmagan.

TOSHKENT, 28 fev – Sputnik. Nogiron fuqaroni avtobusga chiqishiga yordam bermagan avtobus haydovchilari jazolandi, deb xabar qilmoqda “Toshshahartransxizmat” AJ.

“Mazkur holat “Toshshahartransxizmat” AJ rahbariyati tomonidan oʻrganildi. Masʼuliyatsiz haydovchilar 10 kunlik xoʻjalik ishlariga oʻtkazildi”, -  deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, ushbu yilning 20 fevral kuni poytaxtning Shimoliy vokzal bekatida nogironligi boʻlgan shaxs “12-avtobus saroyi”ga qarashli 62-yoʻnalishdagi hamda“1-avtobus saroyi”ga qarashli 13t-yoʻnalishida qatnovchi oʻrta sigʻimli “SAZ LE 60” rusumli avtobusga chiqmoqchi boʻlgan.

Haydovchilar esa pandus ochilmayotganini bahona qilib, yoʻlovchini olmagan. Bu esa norozilikni keltirib chiqargan.

Kelgusida ushbu kabi holatga yoʻl qoʻymaslik maqsadida haydovchilardan kafolat xatlari olindi. Ularga pandusni ishlatish boʻyicha amaliy seminarlar tashkil etildi.

Aytish joyiki, “Toshshahartransxizmat” avtobus haydovchilarfaoliyati OAVlarda tez-tez muhokama qilib turiladi. Afsuski, koʻp hollarda salbiy va tanqidiy mavzularda.

V Tashkente nakazali voditeley avtobusov, otkazavshix invalidu
“Toshshahartransxizmat”
V Tashkente nakazali voditeley avtobusov, otkazavshix invalidu

Asosiy mavzular