14:40 23 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
225 0 0

Prezident ushbu loyiha muhim strategik ahamiyatga ega ekanini, va aholini ishonchli elektr energiya bilan taʼminlash imkonini berishini taʼkidladi. 

TOSHKENT, 28 fev – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Namanganga tashrifini Toʻraqoʻrgʻon issiqlik elektr stantsiyasi qurilishi bilan tanishishdan boshladi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.

“Toʻraqoʻrgʻon IESining birinchi bugʻ-gaz qurilmasi 2019 yilning sentyabr oyida, ikkinchisi - dekabr oyida ishga tushiriladi. Buning natijasida Fargʻona vodiysi isteʼmolchilari uchun 900 MVt qoʻshimcha quvvat yoki yiliga 6,7 milliard kVt/soat elektr energiya ishlab chiqariladi. Inshoot foydalanishga topshirilgach, qoʻshimcha 300 kishi ish bilan taʼminlanadi”, - deyilgan xabarda.  

Loyihani umumiy qiymati 1 milliard 195 million AQSH dollaridan ziyod boʻlib, Yaponiyaning “Mitsubihi Corporation” va “Mitsubishi Hitachi Power Systems” konsortsumi tomonidan amalga oshirilmoqda.

Ushbu ulkan loyiha Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA), Oʻzbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi va “Oʻzbekenergo” AJ mablagʻlari asosida moliyalashtirilmoqda.

Bunyodkorlik ishlariga 2 ming 400 dan ziyod mahalliy va xorijiy ishchi-xizmatchi jalb etilgan. Loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlari Turkiyaning “SaIik Enerji” kompaniyasi muhandis-texnik mutaxassislari tomonidan olib borilayotir. 

Hozirgi kunda elektr energiyasini ishlab chiqaradigan asosiy agregatlardan birinchi va ikkinchi blok transformatorlari, gaz trubina, chiqindini qayta ishlash qozonlari, paratrubina va boshqa asbob-uskunalari montaj qilindi. Qolgan elektr qurilma agregatlari, asbob-uskunalar olib kelinib oʻrnatilmoqda. 

Bugungi kunga qadar loyiha doirasida 83 foizdan ziyod ish bajarilgan, qariyb barcha asbob-uskuna va agregatlar xarid qilingan. 

Loyiha 10 yildan soʻng oʻzini toʻla oqlaydi. Eng muhimi, bu yerda ishlab chiqarilgan elektr energiya tannarxi boshqa issiqlik elektr stantsiyalarnikidan arzonligi bilan ajralib turadi. Jumladan, Toʻraqoʻrgʻon IESda ishlab chiqarilgan 1 kVt elektr energiyaning oʻrtacha tannarxi 124 soʻmni tashkil etadi. 

Shavkat Mirziyoyev bu loyiha muhim strategik ahamiyatga ega ekanini, stantsiya vodiy viloyatlarining iqtisodiy salohiyatini yanada yuksaltirish va aholini ishonchli elektr energiya bilan taʼminlash imkonini berishini taʼkidladi. 

Issiqlik elektr stantsiyasini muvaffaqiyatli ishga tushirish va foydalanish, buning uchun sohaga ixtisoslashgan yuqori malakali kadrlar tayyorlash boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

Asosiy mavzular