Rossiya armiyasi o‘zbek harbiylari bilan Yaqin Sharqdagi harakatlar tajribalari bilan bo‘lishdi

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaKomandovanie SVO podelilos opitom deystviy na Blijnem Vostoke s voyennimi Uzbekistana
Komandovanie SVO podelilos opitom deystviy na Blijnem Vostoke s voyennimi Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Federatsiyasi Markaziy harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni general-polkovnik Aleksandr Lapin O‘zbekiston Rossiyaning strategik hamkori hamda Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlikning kafolati ekanligini qayd etdi.

TOShKENT, 1 mar – Sputnik. O‘zbekiston mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari – Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i general-mayor Pavel Ergashev Rossiya Federatsiyasi Markaziy harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni general-polkovnik Aleksandr Lapin boshchiligidagi harbiy delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaO‘zbekiston mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari Pavel Ergashev Rossiya Federatsiyasi Markaziy harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni general-polkovnik Aleksandr Lapin boshchiligidagi harbiy delegatsiyani qabul qildi.
Rossiya armiyasi o‘zbek harbiylari bilan Yaqin Sharqdagi harakatlar tajribalari bilan bo‘lishdi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari Pavel Ergashev Rossiya Federatsiyasi Markaziy harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni general-polkovnik Aleksandr Lapin boshchiligidagi harbiy delegatsiyani qabul qildi.

Rossiya Qurolli Kuchlari delegatsiyasi O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasiga tashrif buyurib, oliy harbiy ta’lim muassasasasi tarixi va faoliyati, shuningdek, qo‘mondonlik va shtab bo‘g‘inida harbiy kadrlarni tayyorlash sohasida yangicha yondashuvlar bilan tanishdi. Lapin Rossiya armiyasining Yaqin Sharqdagi jangovar harakatlari haqida ma’ruza o‘qib, Akademiya shaxsiy tarkibi bilan tajribalarini bo‘lishdi.

Aleksandr Lapin O‘zbekiston Rossiyaning strategik hamkori hamda Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlikning kafolati ekanligini bildirdi.

Shuningdek, tomonlar ikki davlat mudofaa idoralarining hamkorligi hamda uni rivojlantirish istiqbollari, harbiy-ta’lim yo‘nalishida o‘zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlash muhokama qilindi. 2-mart kuni Rossiya Federatsiyasining harbiy delegatsiyasi Samarqand shahriga tashrif buyurib, shaharning tarixiy va madaniy obidalari bilan yaqindan tanishadi.

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaO‘zbekiston mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari Pavel Ergashev Rossiya Federatsiyasi Markaziy harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni general-polkovnik Aleksandr Lapin boshchiligidagi harbiy delegatsiyani qabul qildi.
Rossiya armiyasi o‘zbek harbiylari bilan Yaqin Sharqdagi harakatlar tajribalari bilan bo‘lishdi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari Pavel Ergashev Rossiya Federatsiyasi Markaziy harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni general-polkovnik Aleksandr Lapin boshchiligidagi harbiy delegatsiyani qabul qildi.

2017 yilning oktabrida “Forish” tog‘ poligonida (Jizzax viloyati) ikki mamlakat o‘rtasida harbiy hamkorlik hamda Rossiya—O‘zbekiston qo‘shma harbiy mashg‘ulotlari ham yod etildi, unda Rossiya Markaziy harbiy okrugiga qarashli tog‘-o‘qchi bo‘linmalarini jalb etilgandi.

Yangiliklar lentasi
0