07:52 24 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.70
  • EUR10553.06
  • USD9448.53
Den Znaniy v Yujnoy Osetii

Rossiya Oʻzbekistonga rus tili oʻqituvchilarini tayyorlashga yordam beradi

© Sputnik / Ada Bagian
Jamiyat
Havola olish
333 0 0

Ayni damda Oʻzbekistonda “rus tili va literatura” mutaxassisligi boʻyicha bitiruvchilar soni, kerak boʻlgan mutaxassislar sonining uchdan birni qoplaydi xolos.

TOSHKENT, 4 mar – Sputnik. Rossiya taʼlim vazirligi Oʻzbekistonga rus tili oʻqituvchilarini tayyorlash va qayta tayyorlashga yordam beradi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vazirligiga asosan.   

Ushbu haqida Oʻzbekiston xalq taʼlimi vaziri Alisher Umarovning Moskvada boʻlgan tsharifi davomida Rossiya taʼlim vaziri Olga Vasilyeva bilan uchrashuvi davomida kelishib olishdi.

“Vasilyeva Oʻzbekiston rus tili oʻqituvchilarini Rossiya oliygohlarida tayyorlash va qayta tayyorlash rejalari borligi haqida maʼlum qildi”, - deyilgan xabarda.  

Vasilyeva shuningdek oʻzbekistonlik  rus tili oʻqituvchilarining bilimlarini juda yuqori baholagan va ular rus tanlovlarida tez-tez  gʻalaba qozonayotganlarini qayd etgan.

Rossiya va Oʻzbekiston taʼlim vazirlari ikki muassasa orasida hamkorlik shartnomasi imzolash masalalarini ham muhokama qilishdi. Vasilyeva aytishiga qaraganda, ushbu shartnoma imzolanishga tayyor va ayni damda ichki kelishuv jarayonidan oʻtmoqda.

Undan tashqari Rossiya tomoni Oʻzbekistonnni Rossiya taʼlimga koʻmak berish dasturiga (Russia Education Aid for Development, READ)kiritish borasida ham muzokaralar oʻtkazishdi.

Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vazirligi maʼlumotiga koʻra, ayni damda “rus tili va literatura” mutaxassisligi boʻyicha bitiruvchilar soni, kerak boʻlgan mutaxassislar sonining uchdan birni qoplaydi xolos.

Oʻzbekistondagi Rossiya elchixonasi maʼlumotiga koʻra, Oʻzbekiston hukumati Oʻzbekiston maktablarida rus tili oʻqituvchilari yetishmovchiligini mahalliy kadrlar tayyorlash hisobidan hal qilishni rejalashtirgan. Rossiyadan rus tili oʻqituvchilarini taklif qilish rejasidan hozircha voz kechilgan.

Asosiy mavzular