18:09 20 Iyun 2019
Efir
  • RUB132.57
  • EUR9566.00
  • USD8535.74
Novыy Airbus A320neo Uzbekskix avialiniy

Havo yoʻllarining birinchi Airbus A320neo samolyoti Toshkentga yetib keldi

© Uzairways
Jamiyat
Havola olish
374 0 0

Yangilangan Airbus A320neoning dvigatellari 20 % kamroq yonilgʻi sarflaydi.

TOSHKENT, 11 mar - Sputnik. Oʻzbekiston Havo yoʻllarining birinchi Airbus A320neo samolyoti bugun soat 18:00 da Islom Karimov nomidagi Toshkent aeroportiga kelib qoʻndi.

“Airbus A320neo – 150 yoʻlovchi oʻrindiqlariga ega, yangi  LEAP-1A dvigatellari tufayli ushbu samolyot oldingilariga nisbatan 20 % ga kamroq yonilgʻi sarflaydi. Yangi samolyotning uchish uzoqligi 5000 kmni tashkil qiladi. Shu tufayli u butun Markaziy Osiyo hududida xizmat koʻrsatishi mumkin”, - deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, ushbu samolyotni yektazib berish haqidagi shartnoma 2017 yilda  imzolangan edi. Oʻzbekiston Havo yoʻllari parkida ayni damda bir necha Airbus A320 samolyotlari muvaffaqiyatli xizmat qilib kelmoqda. Undan tashqari Boeing 757, 767 va 787-8 Drimlinear samolyotlari ham bor.

Novыy Airbus A320neo Uzbekskix avialiniy

Asosiy mavzular