07:30 19 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Sud vыnes prigovor po delu Jamshida Kenjayeva

Jamshid Kenjayev ishi yuzasidan sud hukmi oʻqildi

© Uznews
Jamiyat
Havola olish
1263 0 0

Jamshid Kenjayev oʻlimida asosiy aybdor deb topilgan Shodali Qilichovga 18 yil qamoq jazosi berildi.

TOSHKENT, 13 mar – Sputnik. Toshkent shahar Jinoyat ishlari boʻyicha sudi sobiq yakkakurashchi Jamshid Kenjayev ishi yuzasidan hukm chiqardi. Bu haqida Uznews xabar qilmoqda.

Ushbu jinoyatda asosiy aybdor deb topilgan, oldin odam oʻldirgani uchun sudlangan retsidivist Shodali Qilichov (1989 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan) Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam oʻldirish) 2-qismiboʻyicha aybdor deb topildi va 18 yilga ozodlikdan mahrum etildi. U jazoni qattiq tartibli koloniyada oʻtadi.

Saidazim Kamoldinov (1994 yilda Fargʻona viloyatida tugʻilgan), Alijon Hamrayev (1982 yilda Samarqand viloyatida tugʻilgan) va Jahongir Yorqulov(1992 yilda Samarqand viloyatida tugʻilgan), muqaddam Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi «g» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topildi va 5 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi. Jazoni manzil-koloniyada oʻtash belgilandi. 

Sud jarayonida xalq maslahatchilari A. Nishanova va M. Miragzamova hamda sudya Sarvar Karimovlar ishtirok etishdi.

Eslatib oʻtamiz, ushbu ish yuzasidan China Town restorani xodimlari ham koʻrsatma berishgan edi. Tergov jarayonida aniqlanishiga qadar Jamshid Kenjayev oʻz oʻroqlari bilan ushbu restoranda boʻlishgan va spirtli ichimliklar ichishgani maʼlum.

Shundan soʻng Kenjayev Aurum 898 klubiga keladi. U yerga kirmoqchi boʻlganda eshin oldida turgan qoʻriqchilar Jamshidga pichoqni tashlab  kirish kerakligini aytishadi. Jamshid bunga rozi boʻlmaydi. Shundan soʻng sportchi va qoʻriqchilar orasida janjal kelib chiqadi.Janjal davomida qoʻriqchilardan biri Jamshidga bir necha bor pichoq uradi.  Yarim soatdan keyin yetib kelgan tez yordam mashinasi va shifokorlar sportchining hayotini saqlab qola olmaydi.

Asosiy mavzular