07:17 25 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
339 0 0

StrategEast Westernization Award mukofoti har yili Sobiq ittifoq davlatlarini modernizatsiya qilish hamda mintaqa mamlakatlarining iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotining rivojlanishiga qoʻshgan hissasi uchun topshiriladi.

TOSHKENT, 14 mar — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyot va ijtimoiy sohalardagi islohotlari uchun AQShning StrategEast markazi tomonidan taqdirlandi.

Oʻzbekiston rahbari  ushbu tashkilotning StrategEast Westernization Award — 2018 mukofotiga mamlakatda iqtisodiyotni liberallashtirish, investitsiya iqlimini yaxshilash, qonun ustuvorligi va xususiy mulk himoyasini taʼminlash sohasidagi xizmatlari uchun sazovor deb topilgan.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyevning chegaraoldi muammolariga yechim topish hamda qoʻshni davlatlar bilan munosabatlarni mustahkamlashga qoʻshgan katta hissasi alohida taʼkidlangan.

StrategEast Westernization Award mukofoti har yili Sobiq ittifoq davlatlarini modernizatsiya qilish hamda mintaqa mamlakatlarining iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotining rivojlanishiga qoʻshgan hissasi uchun topshiriladi.

StrategEast markazi Vashington shahrida joylashgan boʻlib, mazkur notijorat tashkilotining faoliyati Sobiq ittifoq davlatlarini ularning Gʻarb siyosiy va ishbilarmon doiralar bilan aloqalarni yoʻlga qoʻyishiga koʻmaklashish maqsadida tadqiq etishga yoʻnaltirilgan.

Asosiy mavzular