09:44 23 May 2019
Efir
  • RUB131.06
  • EUR9439.00
  • USD8460.92
Mirabror Usmanov

Senator Mirabror Usmonov komaga tushdi – OAV

© Assotsiatsiya futbola Uzbekistana
Jamiyat
Havola olish
416 0 0

Hozirda uning ahvoli ogʻir va shifokorlar uning hayotini saqlab qolish uchun kurashmoqda.

TOSHKENT, 14 mar — Sputnik. Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston futbol federatsiyasi sobiq raisi Mirabror Usmonov 12 mart kuni jonlashtirish boʻlimiga olib ketilgan, deb xabar qilmoqda “Daryo” nashri oʻz manbasiga tayanib.

Xabarda yozilishicha, Mirabror Usmonov oʻpka va nafas yoʻllari bilan bogʻliq xastalik sabab klinikaga keltirilgan. Hozirda uning ahvoli ogʻir va shifokorlar uning hayotini saqlab qolish uchun kurashmoqda.

Sogʻliqni saqlash vazirligi va Oliy Majlis Senatida Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga ushbu xabarni na tasdiqlashdi na rad qilishdi.

Mirabror Usmonov 2006 yildan 2017 yilgacha Oʻzbekiston futbol federatsiyasini boshqargan edi. 2013 yildan 2017 yilgacha Milliy Olimpiya qoʻmitasi raisi boʻlgan.

Asosiy mavzular