09:13 26 Mart 2019
Efir
  • RUB129.09
  • EUR9488.13
  • USD8378.04
Airbus postavil pervыy A320neo dlya Uzbekiston xavo yullari

Yangi Airbus A320neo samolyoti ilk parvozini amalga oshiradi

Uzbekiston xavo yullari
Jamiyat
Havola olish
188 0 0

Ilk reys Toshkent-Boku-Toshkent yoʻnalishi boʻyicha poytaxt xalqaro aeroportidan uchib ketadi.

TOSHKENT, 14 mar - Sputnik. Bugun, 14 mart kuni “Oʻzbekiston havo yoʻllari” yangi Airbus A320neo samolyotida parvozlarni amalga oshirishni boshladi, deb xabar qildi kompaniya matbuot xizmati.

Ilk reys Toshkent—Boku—Toshkent yoʻnalishi boʻyicha poytaxt xalqaro aeroportidan uchib ketadi.

Yangi samolyotning ilk yoʻlovchilari salonda yaratilgan sharoitlar — zamonaviy dizayn, alohida ekranga ega qulay va keng oʻrindiqlar, aloqa va Wi-fi tizimidan foydalanish imkoniyatlariga munosib baho berishlari mumkin boʻladi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq “Oʻzbekiston Havo yoʻllarining” birinchi Airbus A320neo samolyoti Islom Karimov nomidagi Toshkent aeroportiga kelib qoʻngani haqida xabar qilgan edik.

“Airbus A320neo – 150 yoʻlovchi oʻrindiqlariga ega, yangi  LEAP-1A dvigatellari tufayli ushbu samolyot oldingilariga nisbatan 20 % ga kamroq yonilgʻi sarflaydi. Yangi samolyotning uchish uzoqligi 5000 kmni tashkil qiladi. Shu tufayli u butun Markaziy Osiyo hududida xizmat koʻrsatishi mumkin.

Asosiy mavzular