09:42 26 Mart 2019
Efir
  • RUB129.72
  • EUR9491.57
  • USD8389.97
Ekspeditsiya na Aral

Milliy universitet talabalari bogʻ yaratish uchun Orol boʻyiga joʻnab ketishdi

© edu.uz
Jamiyat
Havola olish
143 0 0

Tadbir doirasida Orol boʻyida 2 gektar maydonda Milliy universitetning oʻquv-ilmiy maydonchasi tashkil etiladi.

TOSHKENT, 14 mar – Sputnik. Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalari Qorqalpogʻiston respublikasi Moʻynoq tumani hududida universitet oʻquv-ilmiy markazi yaratish maqsadida ekspeditsiyaga joʻnab ketishdi, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston oʻrta va maxsus taʼlim vazirligi matbuot xizmati. 

“Mazkur ekspeditsiyadan koʻzlangan asosiy maqsad - boʻlgʻusi ekolog, tuproqshunos va biologlar ishtirokida 2 gektar yerda Oʻzbekiston Milliy universitetining oʻquv-ilmiy maydonchasini tashkil etishdir. Bu mazkur hududda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, Orolboʻyi tuprogʻi, oʻsimliklari, suvi, uning tarkibi, xususiyatlarini puxta oʻrganishga asos yaratadi”, - deyilgan xabarda.  

"Orol va yoshlar" shiori ostida oʻtkazilayotgan ushbu tashabbus Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faollari, Qoraqalpogʻiston davlat universiteti talabalari bilan hamkorlikda boshlangan. Ekspeditsiya aʼzlolari Toshkentdagi Janubiy temir yoʻl vokzalidan Qoraqalpogʻiston Respublikasiga joʻnab ketishdi.

Ekspeditsiya na Aral

Asosiy mavzular