13:51 16 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Peredacha kazana, izgotovlennogo rabotnikami tsentralnogo remontno-mexanicheskogo zavoda AO Almalыkskiy GMK, zakazchiku –  xokimiyatu Namangana

Olmaliqda yana bir ulkan qozon yasaldi  

© Informatsionnaya slujba AO "Almalыkskiy GMK"
Jamiyat
Havola olish
44010

Ushbu qozonda Namanganda Navroʻz arafasida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilishi rejalashtirilayotgan ulkan sumalak pishiriladi.

TOSHKENT, 14 mar – Sputnik. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati 7 tonnalik sumalak doshqozoni va uning oʻchogʻini, tayyorlab Namanganga joʻnatdi, deb xabar qilmoqda kombinay rasmiy sayti.

“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati va Markaziy taʼmirlash mexanika zavodi ishchilari sigʻimi 7 tonnalik sumalak doshqozoni va oʻchoq, 3 metrlik ikkita kapkir va ikkita choʻmich, shuningdek, qozon-oʻchoq atrofiga moʻljallangan metall maydonchani bir oy ichida, belgilangan muddatidan avval tayyorladi”, - deyilgan xabarda.

13 mart kuni MTMZdan alvon lentalar ila bezatilgan qozon-oʻchoq «Metallurg» MS hovlisiga ketirildi. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati boshqaruvi raisi A.Xursanov 7 tonnalik ulkan qozonning pasportini Namangan shahar hokimi oʻrinbosari Ayubxon Bobomirzayevga tantanali ravishda topshirdi. Ulkan doshqozon karnay-surnay sadolari bilan Namanganga kuzatildi.

Ushbu qozonda Namanganda Navroʻz arafasida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilishi rejalashtirilayotgan ulkan sumalak pishiriladi.

Eslatib oʻtamiz, 2 yil oldin Toshkentda rekord osh pishirish vaqtida Olmalik kombinati 8 tonnalik ulkan qozon tayyorlab bergan edi. Undan soʻng kompaniya ikkita bir tonnalik va bitta besh tonnalik qozon ham tayyorlangan. Namanganliklar uchun tayyorlangan bu 7 tonnalik qozon esa kombinatning beshinchi ulkan qozonidir, deyilgan xabarda.

Asosiy mavzular