Shavkat Mirziyoyev Xumo Arenani ko‘zdan kechirdi

© Press-slujba prezidentaShavkat Mirziyoyev posetil Xumo Arena na kanune otkritiya
Shavkat Mirziyoyev posetil Xumo Arena na kanune otkritiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident 15-mart kuni nufuzli mehmonlar ishtirokida ochilishi rejalashtirilayotgan Xumo Arenani ko‘zdan kechirdi.

TOShKENT, 14 mar – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev “Humo Arena” muz saroyida olib borilayotgan so‘nggi pardozlash ishlarini ko‘zdan kechirdi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.

Shavkat Mirziyoyev majmuadan samarali foydalanish, ommaviy tadbirlar vaqtida fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, inshoot atrofini obodonlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, ushbu muz sporti saroyi qurilishi loyihasi prezident tomonidan 2017-yil 3-fevral ma’qullanib, uning qurilishiga tamal toshi qo‘ylgan edi.

Eskiz interyera stroyashegosya mnogofunksionalnogo ledovogo kompleksa Humo Arena v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Humo Arena ochilishi 15-mart kuniga belgilandi

Majmua Toshkent shahrining Olmazor va Beshog‘och ko‘chalari kesishmasida, 9 gektar maydonda qurilgan. Zamonaviy muhandislik texnologiyalarini uyg‘unlashtirgan “Humo Arena” majmuasidan 12,5 ming o‘rinli ko‘p tarmoqli muz arenasi, 200 o‘rinli mashg‘ulotlar maydoni, trenajor zali, sport muzeyi va ko‘plab boshqa obyektlar o‘rin olgan.

Xumo Arena ochilish marosimi 15-mart kuniga belgilangan. Ochilish marosimiga O‘zbekiston prezidenti, vazirlar va hokimlar, diplomatik korpus vakillari, bir qator nufuzli xorijiy mehmonlar, taniqli xokkeychi va figurali uchuvchilar, jurnalistlar va estrada yulduzlari taklif qilingan. 

© Press-slujba prezidentaShavkat Mirziyoyev posetil Xumo Arena na kanune otkritiya
Shavkat Mirziyoyev Xumo Arenani ko‘zdan kechirdi - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev posetil Xumo Arena na kanune otkritiya

Yangiliklar lentasi
0