16:21 18 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Vaktsinatsiya protiv gepatita

Tibbiyot xodimlariga qarshi tajovuz uchun javobgarlik kuchaytirilishi mumkin

© Sputnik / Igor Zarembo
Jamiyat
Havola olish
124 0 0

Sogʻliqni saqlash vaziri Bosh prokurordan tibbiyot xodimlariga tajovuz uchun javobgarlikni kuchaytirishni soʻramoqda.  

TOSHKENT, 18 mar – Sputnik. Sogʻliqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov Oʻzbekiston Bosh prokurorga murojaat qilib, xizmat vazifasini bajarayotgan tibbiyot xodimlariga qilingan tajovuz uchun javobgarlikni kuchaytirishni talab qildi, deb yozmoqda “Xalq soʻzi” nashri.

Xususan, 2017-2018 yillarda Oʻzbekistonda shifkorlarga tajovuz qilish holatlari 300 marotaba qayd etilgan. Jinoyat Kodeksida ana shunday qonunbuzarlikka qarshi moddalar aniq va ravshan belgilanmaganligi tufayli  aksariyat hollarda qonunbuzarlar yengil jarimalar bilan jazodan qutilib qolmoqda.

Eslatib oʻtamiz, 2019 yilning 29 yanvarida Sogʻliqni saqlash vazirligi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga tibbiyot xodimiga bemor yoki uning qarindoshlari tomonidan tajovuz qilish yoki tan jarohati yetkazish kabi qilmishlarni Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) bilan kvalifikatsiya qilib, ushbu harakatlarni ogʻirlashtiruvchi holat sifatida baholashni belgilaydigan qonun loyihasini joylashtirgan edi. Ayni damda ushbu hujjat tegishli muassalar koʻrigidan oʻtmoqda.

Asosiy mavzular