22:05 15 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Jamiyat
Havola olish
413 0 0

Umra ziyorati davrida din sohasida faoliyat yuritayotgan malakali xodimlar ziyoratchilarga guruh rahbari sifatida xamrohlik qilmoqda.

TOSHKENT, 29 mar — Sputnik. Toshkent shahar hokimligi tomonidan oʻtkazilgan davra suhbatida “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi bilan birgalikda qoʻshimcha aviareyslar qatnovi yoʻlga qoʻyilayotganligi maʼlum qilindi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda taʼkidlanishicha, Umra ziyorati davrida din sohasida faoliyat yuritayotgan malakali xodimlar ziyoratchilarga guruh rahbari sifatida xamrohlik qilmoqda. Ziyoratchilarga tibbiy xizmat koʻrsatilmoqda, qulay sharoitga ega mehmonxonalar ajratilgan, fuqarolar 3 mahal issiq taomlar bilan taʼminlangan va Saudiya Arabistoni Qirolligida transport masalalari toʻliq hal etilgan.

Maʼlumot uchun, joriy yilda Respublika boʻyicha 16 ming fuqaro Umra ziyoratini amalga oshirgan boʻlib, Toshkent shahridan ziyoratga 2,5 mingdan ziyod fuqaro borib kelgan.

Asosiy mavzular