Basitxanova velosipedda sayr qilishning foydasini oshkor qildi

© AFP 2023 / ATTA KENAREIranskie jenshini na velosipedax
Iranskie jenshini na velosipedax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Velosayr uyquni yaxshilaydi, miya ishini faollashtirib, fikrlash qobiliyatini kuchaytiradi. Ammo bu hali hammasi emas...

TOShKENT, 2 mar - Sputnik. Velosipedda sayr qilish foydasi haqida ko‘pchilikka ma’lum. O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Basitxanova inson organizmida muntazam jismoniy faollik, xususan velosipedda sayr qilishning foydali tomonlari haqida batafsil ma’lumot berdi.

Erkaklar diqqatiga: velosport juda foydali ekan

"Velosiped sayrining inson organizmiga foydali tomonlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, avvalo, tana a’zolarini "uyg‘otib", mushaklarni faollashtiradi. Pedallarni aylantirishdagi ritmik harakatlar son, tos, boldir va umurtqa pog‘onasini mustahkamlaydi. Velosiped sayridan zavq olish uchun kam tezlikda, mo‘’tadil harakat qilish lozim", - deydi Basitxanova.

Shuningdek, vazir o‘rinbosari so‘zlariga ko‘ra, velosipedda sayr qilish yurak-qon tomir tizimini mustahkamlaydi, yurakning jismoniy zo‘riqishlarga chidamliligini oshiradi. Qon aylanishi va modda almashinuvining yaxshilanishiga olib keladi.

Shu bois, doimiy velosipedda sayr qilish ko‘pgina kasalliklar, jumladan, yurakning ishemik xastaligi, infarkt va insultdan saqlanishga yordam beradi. Nafas olish ritmini rivojlantirishda ham velosayr muhim o‘rin tutadi. Tez va faol nafas olish hisobiga qonning kislorod bilan to‘yinishi oshadi, o‘pkada havo almashinuvini ta’minlovchi metabolik jarayonlar yaxshilanadi.

Mutaxassislarning ma’lumotiga ko‘ra, tizimli harakatlar yog‘larning erishiga, ortiqcha suyuqlikdan qutulib, ortiqcha vazndan xalos bo‘lishga yordam beradi. Shuningdek, sog‘lom ozish jarayonida ham velosayrning ahamiyati beqiyos. E’tiborli jihati, velosayr baxt gormonlari miqdorini oshirishning ham qulay yo‘lidir. Bundan tashqari, velosayr uyquni yaxshilaydi, miya ishini faollashtirib, fikrlash qobiliyatini kuchaytiradi.

Yangiliklar lentasi
0