Qamoqxonalardan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar nazorati bo‘yicha qonun imzolandi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishDveri SIZO
Dveri SIZO - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qonunda nazorat ostidagi shaxslarning, ichki ishlar organlarining huquq va majburiyatlari belgilab berilgan.

TOShKENT, 3 apr - Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev “Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar ustidan ma’muriy nazorat to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Bu haqda “Huquqiy axborot” telegram kanalida xabar qilindi.

Qonunda belgilanishicha ma’muriy nazorat bu sud tomonidan jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga qo‘llaniladigan cheklovlardan iborat tarbiyaviy ta’sir chorasidir.

Den rojdeniya osnovatelya yuvelirnogo doma De Grisogono - Sputnik O‘zbekiston
Gulnora Karimovaning advokati uning qaysi qamoqxonada ekanini aytdi

Qonunga muvofiq, quyidagi voyaga yetgan shaxslarga sud tomonidan ma’muriy nazorat o‘rnatiladi:

-  o‘ta xavfli retsidivistlar;

- og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum qilingan shaxslar, shu jumladan boshqa davlatlarda ozodlikdan mahrum qilinganlar;

-  qasddan qilingan jinoyatlari uchun ikki yoki undan ortiq ozodlikdan mahrum qilinganlar.

Ma’muriy nazorat davrida quyidagi cheklashlar belgilanishi mumkin:

- yashash joyidan tashqarida bo‘lishni taqiqlash;

-  muayan joylarda bo‘lishni taqiqlash;

- sud belgilagan hududdan ichki ishlar organining ruxsatisiz chiqishni taqiqlash;

- ro‘yxatdan o‘tish uchun har oyda bir martadan to‘rt martagacha ichki ishlar organiga kelish;

- alkogolli ichimliklarni takiklash.

Ma’muriy nazorat olti oydan bir yilgacha muddatga o‘rnatiladi.

Quyidagi holatlarda ma’muriy nazorat tugatiladi:

- muddat tugaganda;

- sudlanganlik tugallangan yoki olib tashlanganda;

- nazorat ostidagi shaxs ozodlikdan mahrum etilganda;

- shaxsga tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilganda;

- shaxs boshqa davlatga doimiy yashash uchun chiqib ketganida;

-  shaxs vafot etganida.

Shuningdek, qonunda nazorat ostidagi shaxslarning, ichki ishlar organlarining huquq va majburiyatlari belgilab berilgan.

Yangiliklar lentasi
0