17:01 04 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
1980 0 0

Yaponiyaning Yokogama shahrida boʻlib oʻtgan “Japanese Circulation Society 2019” konferentsiyasida tunda hojatxonaga tez-tez qatnash bu kasallik alomati ekanligi maʼlum qilindi.

TOSHKENT, 3 apr — Sputnik. Tunda hojatxonaga kichik hojatni chiqarish istagida tez-tez qatnash bu kasallik alomati ekanligi maʼlum boʻldi.

Bu haqda Yaponiya kardiologlari Yokogama shahrida boʻlib oʻtgan “Japanese Circulation Society 2019” konferentsiyasida maʼlum qilishdi. Ularning aytishiga koʻra, inson organizmida keragidan ortiqcha tuz va yuqori qon bosimi uning tunda tez-tez uygʻonib, kichik hojatni chiqarish istagida hojatxonaga qatnashiga sabab boʻladi.

“Biz shuni aniqladikki, agar sizda nikturiya rivojlangan boʻlsa, siz yoki yuqori qon bosimi, yoki organizmdagi ortiqcha suyuqlikdan aziyat chekasiz. Bu nikturiya holati yoʻqolmasa, shifokorga murojaat qilib, qon bosimni oʻlchash hamda isteʼmol qilinayotgan tuz miqdorini aniqlash lozim”, - deya Satosi Konno (Satoshi Konno) soʻzlaridan iqtibos keltiradi RIA Novosti.

Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, yurak qon-tomirlari kasalliklari (infarkt, insult va surunkali yurak qon-tomirdagi yetishmovchilik) dunyo boʻylab insonlar oʻlimiga sabab boʻlayotgan asosiy sabablardan biri boʻlib qolmoqda.

Konno hatto bir martagina tunda hojatga qatnash gipertoniya xastaligi rivojlanishini taxminan 40 foizga oshirganini maʼlum qildi.

“Hojatxonaga qanchalik tez-tez qatnasangiz, yurak qon-tomir faoliyatidagi muammolarga duchor boʻlish ehtimoli shunchalik yuqori boʻladi”, - deb taʼkidladi mutaxassis.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Buyuk Britaniyaning eng keksa fuqarosi Bob Ueyton oʻzining uzoq umr koʻrish sirlarini maʼlum qilgani haqida xabar bergan edik.

Asosiy mavzular