06:41 31 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Jamiyat
Havola olish
786 0 0

Nukus shahrida reabilitatsiya markaziga ega boʻlgan birinchi maktabgacha taʼlim muassasasi ochildi.

TOSHKENT, 5 apr – Sputnik. Nukus shahrida reabilitatsiya markaziga ega boʻlgan birinchi maktabgacha taʼlim muassasasi ochildi. Bu haqda Maktabgacha taʼlim vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Ochilish marosimida Maktabgacha taʼlim vaziri Agripina Shin, prezident maslahatchisi Abdujabbar Abduvaxitov, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Tanzila Narbayeva, Qoraqalpogʻiston Joʻgʻorgʻi Kengashi Raisi Muso Erniyozov, Sogʻliqni saqlash vazirligi vazir oʻrinbosari Elmira Basitxanova, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari Komil Allamjonov ishtirok etdi.

Otkrыtiye pervogo v Uzbekistane spetsializirovannogo doshkolnogo uchrejdeniya s reabilitatsionnыm tsentrom
Press-slujba ministerstva doshkolnogo obrazovaniya Uzbekistana
Otkrыtiye pervogo v Uzbekistane spetsializirovannogo doshkolnogo uchrejdeniya s reabilitatsionnыm tsentrom

Tantanali ochilish marosimida loyiha bosh koordinatori, Maktabgacha taʼlim vazirligi Maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatini tashkil etish va strategik rivojlantirish bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, loyiha koordinatori Shahnoza Mirziyoyeva soʻzga chiqib, ushbu loyiha ahamiyati va Oʻzbekistonda nogironligi boʻlgan shaxslarga davlat tomonidan qaratilayotgan eʼtibor xususida gapirdi.

Mazkur muassasa jismoniy turli nuqsonlari boʻlgan bolalarni ijtimoiy-madaniy muhitga jalb etish, ularni maktabgacha taʼlim va sogʻlomlashtirish reabilitatsiyasi bilan taʼminlash imkonini yaratib beradi.

Shaxnoza Mirziyoyeva prinyala uchastiye v otkrыtii pervogo v Uzbekistane spetsializirovannogo doshkolnogo uchrejdeniya s reabilitatsionnыm tsentrom
Shaxnoza Mirziyoyeva prinyala uchastiye v otkrыtii pervogo v Uzbekistane spetsializirovannogo doshkolnogo uchrejdeniya s reabilitatsionnыm tsentrom

Ushbu maktabgacha taʼlim muassasasi 120-150 nafar imkoniyati cheklangan tarbiyalanuvchilarga moʻljallangan.

Nukus shahridagi ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasi Orolboʻyi mintaqasining cheka hududlarida yashovchi bolalar ushbu muassasada tunda qolishi uchun haftasiga 5 kun mobaynida tunu-kun ishlaydi. Kunning birinchi yarmida tarbiyalanuvchilar maxsus pedagogika boʻyicha malaka oshirish kurslarini tamomlagan tarbiyachilar bilan oʻquv dasturi boʻyicha shugʻullanadilar, kunning ikkinchi yarimda esa shtatdagi tibbiy xodimlar nazorati ostida sogʻlomlashtirish-reabilitatsiya muolajalaridan oʻtadilar.

Otkrыtiye pervogo v Uzbekistane spetsializirovannogo doshkolnogo uchrejdeniya s reabilitatsionnыm tsentrom
Press-slujba ministerstva doshkolnogo obrazovaniya Uzbekistana
Otkrыtiye pervogo v Uzbekistane spetsializirovannogo doshkolnogo uchrejdeniya s reabilitatsionnыm tsentrom

Reabilitatsiya markazining korrektsion-taʼlim xonalari parafin pechi, tibbiy trenajyorlar, quruq massaj vannalari, neyro-ortopediya pnevmokostyumlari, mobil stenderlari, ortopediya velosipedlari, yotiq samokatlar, moslashuvchan kreslolar, vestibulyar apparatni rivojlantirish uskunalari, sensor integratsiyasi mahsulotlari, “Saundbim” tizimi va fizioterapiya apparatlari kabi xorijiy uskuna va inventarlar bilan jihozlangan. Davolash tadbirlari rivojlanishda buzilishlarni tuzatishga, tibbiy reabilitatsiya va ijtimoiy moslashuvga yoʻnaltirilgan. Shuningdek, reabilitatsiya markazida maktab yoshidan oʻtgan jismoniy rivojlanishida turli nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun ham muolajalar oʻtkaziladi.

Maktabgacha taʼlim vazirligi reabilitatsiya markazlariga ega boʻlgan ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasalarini respublikaning boshqa hududlarida qurish va foydalanishga topshirish boʻyicha ishlarni davom ettiradi.

Asosiy mavzular