06:17 28 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
1427 0 0

Xalqaro olimlar guruhi kuniga ikki va undan koʻp chashka qahva yoki choy ichish oʻpka saratoni kasalligi xavfi oshirishi mumkinligini aniqladi.

TOSHKENT, 5 apr – Sputnik. Xalqaro olimlar guruhi kuniga ikki va undan koʻp chashka qahva yoki choy ichish oʻpka saratoni kasalligi xavfi oshirishi mumkinligini aniqladi. Bu haqda tegishli press-reliz LiveScience portalida joylashtirilgan.

Tadqiqotchilar Osiyo va AQShdan 1,2 million odamlarning tibbiy maʼlumotlarini tahlil qildi.

Kuniga ikki va undan ortiq chashka qahva ichadigan, chekmaydigan odamlarda oʻpka saratoni rivojlanishi xavfi 41 foizdan yuqori ekanligini aniqladi. Choy ichishni xush koʻruvchi, chekmaydigan odamlar esa 37 foiz yuqori.

Tadqiqotchilar insonning yoshi bunda muhim rol oʻynamasligini aniqlashdi. Shuningdek, kofein yoki kofeinsiz qahvalarni isteʼmol qilish ahamiyati yoʻq.

Olimlar oʻtkazilgan tahlillar kuzatuv tadqiqoti ekanligini bildirishdi.

Oʻpka saratoni rivojlanishi kofein taʼsiri emas, balki qahfa donalarini qovurilishi bilan izohlashdi.

Shu bilan birga, saraton rivojlanishi va choy ichish xavfi oʻrtasidagi bogʻliqlik sababi tushuntirilmagan.

Asosiy mavzular