04:21 04 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
673 0 0

Hindistonga uchib ketayotgan fuqaroning qora kamari asli tilladan yasalgani maʼlum boʻldi.

TOSHKENT, 7 apr – Sputnik. Toshkent aeroportida “tilla kamar” operatsiyasi amalga oshirildi, deb xabar qilmoqda Davlat Bojxona qoʻmitasi matbuot xizmati.

“Toshkent-Dehli” yoʻnalishi boʻyicha parvoz qilishi kerak boʻlgan fuqaro AA, yashil yoʻlakdan oʻtib ketish vaqti bojxona xodimlarining eʼtiborini tortadi.

Belgilangan tartibda xolislar ishtirokida tekshiruvdan oʻtkazilganda ushbu fuqaro kamarining oʻtkazgichi tilladan yasalib, bojxonachilar payqamasligi uchun qora rangga boʻyalgani fosh etildi. Shuningdek, u oyoq kiyimlari ichiga ham tilla yashirgani aniqlandi.

Fuqaro A.A.dan olingan ashyoviy dalillarning vazni 200 grammni tashkil etib, umumiy qiymati 59 million soʻmga tengligi maʼlum boʻldi. Ayni paytda ushbu holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Asosiy mavzular