Uzoq qishloqlarda kino ko‘rsatish uchun ko‘chma kinoteatr ishlab chiqildi

© Turin InvestViezdnoy kinoteatr dlya "Uzbekkino"
Viezdnoy kinoteatr dlya Uzbekkino - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ko‘chma kinoteatr kinoproyektor,  audio kolonkalar,  akkumulyator batareyalari,  noutbuk, DVD bilan jihozlangan.

TOShKENT, 9 apr – Sputnik. "Turin Invest Engineering" kompaniyasi "O‘zbekkino"  uchun maxsus ko‘chma kinoteatr avtomobillari ishlab chiqdi.

Damas asosida ishlab chiqilgan ushbu avtomobillar mamlakatning kinoteatrlar mavjud bo‘lmagan olis tumanlarida kino ko‘rsatishga mo‘ljallangan.

Press-konferensiya na Uzbekkino - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekkino 2018-yilda filmlar suratga olish uchun necha pul sarfladi

Ko‘chma kinoteatr kinoproyektor,  audio kolonkalar,  akkumulyator batareyalari,  noutbuk, DVD-proigrivatel va boshqa videomateriallarni avtonom ravishda translyatsiya qilish uchun zarur jihozlar bilan ta’minlangan.

Ushbu ixtisoslashtirilgan avtomobillar Turin Politexnika universiteti qoshidagi  "Turin Invest Engineering" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Turin Invest turli muhandislik g‘oyalarini amalga oshirish bilan  shug‘ullanadi.

Bundan oldin ular Spark avtomobilini to‘liq elektromobilga aylantirish, avtomobilda joylashtirilgan magazin va ofis kabi loyihalarni ishlab chiqishgan edi.

Yangiliklar lentasi
0