Shavkat Mirziyoyev ochiq ma’lumotlarni chop etish haqida qaror imzoladi

© Press slujbaShavkat Mirziyoyev prinyal delegatsiyu Kongressa SShA
Shavkat Mirziyoyev prinyal delegatsiyu Kongressa SShA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bundan buyon O‘zbekistonda davlat organlari chop etayotgan ochiq ma’lumotlar Statistika qo‘mitasi bilan muvofiqlashtiriladi.

TOShKENT, 10 apr – Sputnik. Statistika qo‘mitasi davlat boshqaruv organlari chop etayotgan ochiq ma’lumotlarni muvofiqlashtirish bilan shug‘ullanadi. Bu haqida O‘zbekiston prezidentining yangi qarorida aytib o‘tilgan.

Prezident qarori Ochiq ma’lumotlar portali va uning faoliyatini yo‘lga qo‘yishga qaratilgan.

“O‘zbekiston Hukumati portali tarkibida O‘zbekiston haqida ochiq ma’lumotlar portali (Portal) ishga tushgan. U yerda ma’lumotlar jismoniy, yuridik shaxslar hamda mashinalar o‘qish formatida chop etiladi. Ma’lumotlardan cheklanmagan miqdorla bepul foydalanish mumkin”, - deyilgan qarorning birinchi bo‘limida.

Qarorning ikkinchi bo‘limida quyidagilar belgilangan:

a) Statistika qo‘mitasi davlat organlarining ochiq ma’lumotlar chop etish, doimiy yangilab turish  vazifasini muvofiqlashtirish, tashkillashtirish bilan shug‘ullanadi.

Konferensiya v MEjdunarodnom Press-klube: Liberalizatsiya ekonomiki... - Sputnik O‘zbekiston
Statistika qo‘mitasi yanada ishonchli ma’lumotlar bera boshlaydi

b) Milliy loyiha boshqaruvi agentligi Portalning texnik ta’minoti va uzuluksiz ishlashini ta’minlash uchun javobgar.

v) Portaldagi axborot:

faqat davlat boshqaruv organlari tomonidan chop etiladi, jumladan Qorqalpog‘iston Vazirlar Mahkamasi,  viloyat hokimliklari va Toshkent shahar hokimligi tomonidan;

axborot o‘zbek, rus va ingliz tilida hamda mashinalar o‘qish mumkn bo‘lgan formatda chop etiladi;

axborot boshqa davlat organlari chop etayotgan ma’lumotlar bilan bir xil va o‘zaro bog‘liq bo‘lishi kerak;

g) davlat organlarida ochiq ma’lumotlarni tayyorlashda xalqaro reytinglar bilan ishlashga javobgar bo‘lgan maxsus bo‘linma javob beradi;

Ushbu qarorning to‘liq matni bilan quyida tanishishingiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0